Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 o’xshaganlarni chetda qoldiradi? Bizning aybimiz, gunohimiz nima? Hayotim bunday bo’lishini men xohlamagandim. Oxirigacha shunday yashashga majburmanmi? Nega boshqalar yaxshi hayot kechirishadi-da, men oyoqosti bo’laman? Bu isyon meni shubhaga soladi. Dahriylikka undaydi, yana Allohning(O’zi kechirsin) adolati bir yoqlama – ojizlarni unutib kuchlilarni va boylarni panohida saqlash degan fikrga da’vat etadi. Qiz necha yillardan buyon yuragimga dard bo’lib yotgan bu fikrlarimni jim turib tingladi. Keyin javob bera boshladi. -Alloh bizga foydalanish uchun ikki omonat bergandir, -dedi u. Birinchisi, o’z tanamiz va hayotimiz, ikkinchisi esa koinot va undagi cheksiz ne’matlar. Agar inson hayoti va koinot qonuni inson qo’li bilan o’zgartirilib, qorishiq holga keltirilsa, berilgan ne’matlardan hikmatiga uyg’un foydalanilsa, insonlarda umuman, muammo qolmasdi. Hamma ko’rguliklar Allohning adolatsizligidan emas, insonlarning o’z qollari bilan hayotlarini buzishlaridandir. Ko’zni, aqlni, qo’lni, oyoqni va dunyoni mukammal qilib yaratgan Alloh qullarining xatolarini natijasida paydo bo’lgan adolatsizlikar uchun qanday mas’uliyatli bo’lsin? Masalaga haq va adolat tuzasidan ham shunday qarashimiz mumkin. Bizni va koinotni buyuk hikmat bilan yaratgan Janobi Haq yaratilgan hamma narsada bizga kamchilik, nuqson va adolatsizlik kabi ko’ringan hollarning biz bilmagan hikmatlari, sabablari bor. Ba’zi narsalarni bizlar o’z qo’limiz bilan buzamiz va adolatsizlikni yuzga keltiramiz. Hozir mana shu xonaga bir boy odam kirib, hammaga pul tarqatsa…Ammo birovga oz, birovga ko’p barsa. Sen o’sha kishiga:”Nega menga oz, boshqalarga ko’p berding?-deb ta’na qila olasanmi? Agar shunday desang, katta odobsizlik qilgan bo’lasan. Chunki berilgan pullarda sening haqqing yo’q, ular senga tagishli emas. U kishi achinib, senga yordam qildi. Yordam miqdorini ham o’zi belgilagan. Bu holda sizning shikoyat qilishga haqqingiz yo’q. Xohlasa bergan pulini qaytraib olishi ham mumkin. Bizga ham Alloh koinot ne’matini, insoniy ne’matlarni berganammo ba’zilarga oz, ba’zilarga ko’p. Bu dunyosi imtihon dunyosi bo’lgani uchun oz berilganlarni oz hisob bilan, ko’p berilganlarni esa ko’p hisob bilan imtihon qiladi. Ko’p olganlar, meni imtihonim ko’p deb kerila olmaydilar. Bil’aks, ko’p mol tufayli ularda mas’uliyat ham kattadir. Kam mol berilganlar esa, isyon qilib, ”Nega bizga kam beriladi?” deya Allohni ayblay olmaydilar. U to’g’ridan-to’g’ri ALlohga oid va Uning ikromidir. Qanchalik oz berilsa ham, qul shukr qilishi lozim. Shukr qilmasa, haqqi bo’lmagan ne’matga erishmoqchi bo’ladi. Natijada oz ne’matga ham erisha olmaydi. Shukr qilsa, oz ne’matning hisobi ham o’ziga yarasha oz bo’ladi. Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling