Onam qoldirgan kitobni qayta tanidim
“Biz maxluqmiz, ya’ni yaratilganmiz. Bizni yaratgan Zot bor. Insonni yaratgan Zot
insonga zulm qilmaydi. Bil’aks, insonni eng ko’p sevuvchi va madad beruvchi Udir”.
“Adolatsiz bo’lib ko’ringan har bir narsaning hikmatli tomoni bo’ladi. Bu imtihon
dunyosida hamma nima bilandir imtihon qilinadi. Har bir insonning imtihon qilinish
darajasi u ega bo’lgan imkoniyatlarga ko’radir”. “Ko’zi yo’q odam tabiiyki, ko’z haqida
imtihon qilinmaydi. Buning ustiga ko’zi yo’qligiga sabr qilgan bo’lsa, shunga loyiq
mukofatlanadi. Ko’zi borlar esa, ko’zi ochiq bo’lgani, ko’rgan hamma narsalari uchun
hisob berishga majburdirlar. Boshqa a’zolar borasida ahm shunday”.
Chuqur o’yga cho’mgandim. Har bir jumlani tahlil qilar, hayotimda aks etgan ta’sirini
izohlardim. Demak, ma’noli va go’zal izohlar onam o’qigan kitob muallifiga tegishli
shundaymi? Hay, onam-a! Sen qanchalar bebaho insonsan. O’sha qishloqi, kamtar soda
qalbing bilan olimlardek hayot kechirib, ongli umr o’tkazgansan. Hozir seni juda yaxshi
tushunyapman. O’sha ikki kitobni ham nima uchun omonat qoldirganingni ham.
Ko’nglimdagi javobsiz savolardan biri:”Alloh nega bu koinotni yaratdi?’degan masala edi.
Buni ham so’radim.
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |