Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 inson faqat moddadan iborat bo’lsa edi, o’limi yaqinlashgach, ortadigan fiziopatologik jarayonlar iztirobi, nafas olish og’irlashuvi kuchayib, inson kuchli og’riqlar girdobida qolgan bo’lardi. Ammo hayotda buning teskarisi kuzatiladi. Ysira kutilmagnda bemorning ahvoli vaqtincha bo’lsa ham bir oz o’nglanadi. Bu payt inson tanasidagi ruhning so’nggi kuchi yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham o’lim go’yo tug’ilishdek bir hodisadir. Bu sirni bizga bildirish uchun Alloh o’lim yengillashuvini beradi. Bunday daqiqalrda o’lim yengillashuvidan tashqari og’riq sezmaganlarda ham ongli ravishda hushyorlik bo’ladi. Uzoq hayot sahifalari bir-bir ochiladi. Yangi bir dunyo eshigi oldida go’ro boqiy dunyoning muqaddimasi boshlanadi. Ong eng muhim soz’larni so’nggi nafaslarda arz etadi. Agar o’lim insonning nihoyasi bo’lsaydi, buning butunlay teskarisi kuzatilgan bo’lardi. Halokati yaqin qolgan tana mazmun mohiyatini yo’qotadi. Ruh esa o’lim yengillashuvi bilan go’yo yangilangandek bo’ladi. Bu ruhning borligi, o’limning hayot nihoyasi emas, bir o’zgarish ekaniga dalildir. Yana ham muhimi, o’lim oldidan insonning haqiqatga, adolatga yaqin bo’lish hikmatidir. O’limi yaqinlashganda ko’p chilik adashganlar yo’lidan qaytib, yaqinlariga jiddiy haqiqatlarni gapirishi ko’p uchraydi. Insonning faqatgina moddiy mavjudot emasligi juda muhimdir. U ba’zi hodisalarni oldindan sezadi. Bu tuyg’u hammada uchraydi. Faqat bu tuyg’uni amalda, moddiy holatda izohlash mumkin emas. Chunki dunyoviy voqealar vaqt bilan chegaralangan. Ilohiy voqealarda esa vaqt cheksizdir. Folbinlik bilan bashoratni ajrata bilish kerak. Ruhiyatga bag’ishlangan kitoblarda zobitlarga oid minglab voqealar bor. Bular orasida samolyot falokatlarini oldindan sezganlar, urushlarda o’limi yaqinlashganini bilganlar ko’p bo’lgan. Sog’liqdan muammosi bo’lmaganlarning o’lim haqida xabar berish hollari ko’p uchraydi. Janobi Haq o’lim yengillashuvi bilan quliga so’nggi imkoniyatni beradi. Bularning ko’pi mo’jiza edi. Abrinur xonim Amina xonimni bu izohlarini davom ettirdi. Ayselning og’riqlari to’xtab, o’ziga kelgach, bizlarni hayratga slogan o’zgarish ro’y berdi. “Suv olib keeling, tahorat olaman”, dedi u. “Mehmonlarim keladi, ularni tahoratli kutib olishim kerak”. Tahorat oldi. Ammo biz bilan umuman qiziqmadi. U endi boshqa bir olamning vakilidek, nigohi, harakatlari bizga noma’lum narsalarga qaratilgan edi. “Qara”, -dedi. “Azon o’qish boshlandi. Bu men uchun o’qilyapti. Menga “tayorlan’, deya xabar berishyapti”. Tabiiyki, bzi azonni eshitmasdik. Ammo Aysel dunyoni tark etgan, boshqa bir olamda yashay boshlagandi. U ko’p narsalarni ko’rar, eshitar, ammo uning ko’rayotganlarini biz ko’rmasdik. O’girildi, tiz cho’kdi, qo’llarini tizzaga qo’yib katta ishtiyoq bilan azonning tugashini kutdi. “Azon tugadi”, dedi. “Endi meni olib ketishga kelishadi”. O’zining haqqiga duo qila boshladi.
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling