Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Download 10.8 Mb.
bet139/533
Sana31.01.2024
Hajmi10.8 Mb.
#1832697
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

Son kategoriyasi (Die Kategorie der Zahl ). Fe’lda ikki xil son birlik (der Singular) va koplik (der Plural ) mavjud. Fe’lda son maxsus qo‘shimchalar vositasida hosil qilinmaydi.Shaxs qo‘shimchalari ayni bir paytda son ma’nosini ham anglatadi, shuning uchun ham ular shaxs-son qo‘shimchalari deb yuritiladi.
Zamon kategoriyasi. (Die Kategorie der Zeit). Fe’ldan anglashilgan harakat nutq momentidan oldin, undan keyin yoki u bilan bir paytda ro‘y berishi mumkin. Ana shu narsa fe’lning zamon kategoriyasi bilan ifoda etiladi.Fe’lda uch xil zamon mavjud.Hozirgi zamon (die Gegenwart),buni ifodalash uchun Präsens, o‘tgan zamon (die Vergangenheit ), buni ifodalash uchun Präteritum, Perfekt, Plusquamperfekt va kelasi zamon (die Zukunft) buni ifodalash uchun Futur I, Futur II qo‘llanadi.
Mayl kategoriyasi. (Die Kategorie des Modus).Fe’lning mayl kategoriyasi orqali ish - harakatning voqelikka bo‘lgan munosabati reallik, buyruq, istak tarzida bayon qilinadi.Nemis tilida fe’lning aniqlik mayli ( der Indikativ),buyruq mayli (der Imperativ) va shart mayli (der Konjunktiv) bor.
Nisbat kategoriyasi (Die Kategorie des Modus). Harakatni bajaruvchi shaxs(sub’ekt) bilan shu harakat qaratilgan predmet (ob’ekt) o‘rtasidagi munosabat fe’lning nisbat kategoriyasida ifodalanadi.Nemis tilida fe’l nisbatlari uchta:aniq nisbat (das Aktiv), majhul nisbat (das Passiv),holat nisbat (das Stativ).
19.3 Fe’l zamon formalari
(Die Zeitformen des Verbs)

Hozirgi nemis tilida zamon formasi mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi (Präsenz, Präterit) sintetik forma va to‘rttasi (Perfekt, Plusquamperfekt , Futur I, Futur II ) analitik formadir. Harakatning bajarilish vaqti maxsus fe’l formalari yordamida ifodalanadi.So‘zlar yordamida harakatning aniq bajarilish vaqti ko‘rsatiladi.Fe‘l formalarida esa harakatning bajarilish vaqti nutq momentiga nisbatan belgilanadi: Er ist gestern gekommen. – U kecha keldi.Er arbeitet. – U ishlayapti.
Aniqlik mayli (indikativ) dagi fe’lda harakatning nutq momentiga munosabati bevosita ifodalanadi.

Download 10.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling