Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Download 10.8 Mb.
bet286/533
Sana31.01.2024
Hajmi10.8 Mb.
#1832697
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

35 – MAVZU: GAP (DER SATZ)

Gap deb grammatik jihatdan shakllangan, intonatsion hamda mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lamasi yoki yakka so‘zga aytiladi. Bizning nutqimiz gaplardan iborat. Gap nutqimizning eng kichik bo‘lagi hisoblanadi. U mazmunan, grammatik va intonasion jihatdan shakllangan birliklarni tashkil etadi. Gap orqali biz fikr , buyruq , istak va boshqa fikrlarni bayon etamiz.



35.1 Gapning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari
(Die Einteilung der Sätze nach dem Ziel der Aussage)

So‘zlovchining fikri ba’zan voqea-hodisa haqida xabar, darak bersa, ba’zan ana shu voqea hodisa to‘g‘risida ma’lumot oladi, ba’zan o‘z hohish istagini amalga oshirish uchun tinglovchini biror narsani bajarishga undasa, ba’zan voqea-hodisa unga ta’sir etganidan, o‘z fikrini kuchli his-hayajon bilan ifoda etadi.Shunga ko‘ra gaplar uch turga bo‘linadi: darak gap,so‘roq gap,buyruq gap.Bularning har biri tuzilish jihatidan, ya’ni so‘zlarni va grammatik formalarni ishlatishda, so‘z tartibida va intonatsiyada o‘z xususiyatiga ega.



35.2. Darak gap ( Der Aussagesatz )
Darak gaplar narsa-predmet, voqea hodisa haqida xabar va tasdiq ifodasini anglatadi va terminal(pasayuvchi) ohang bilan talaffuz qilinadi, ya’ni gap boshida ohang ko‘tarilib, gap oxirida pasayadi. Darak gaplar to‘g‘ri va teskari so‘z tartibli darak gaplarga bo‘linadi.
To‘g‘ri so‘z tartibli darak gaplarda birinchi o‘rinda ega, ikkinchi o‘rinda kesim, uchinchi o‘rinda esa ikkinchi darajali bo‘lak keladi.

1.ega

2.kesim

3.to‘ldiruvchi

Wir

lesen

einen Text

Biz tekst o‘qiyapmiz.

Teskari so‘z tartibli darak gaplarda birinchi o‘rinda ikkinchi darajali bo‘lak, ikkinchi o‘rinda kesim, uchinchi o‘rinda esa ega keladi.


1.to‘ldiruvchi

2.kesim

3.ega

Einen Text

lesen

wir

Texstni biz o‘qiyapmiz.

Gapning kesimi sich yuklamasi bilan kelgan fe‘l orqali ifodalangan bo‘lsa, sich ning o‘rni quyidagicha bo‘ladi:


To‘g‘ri so‘z tartibli darak gaplarda sich odatda bevosita kesimning tuslanuvchan qismidan keyin turadi.
Er interessiert sich für Musik.
Teskari so‘z tartibli darak gaplarda sich ning o‘rni eganing qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligiga bog‘liq bo‘ladi.Gapning egasi kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa, sich bevosita undan keyin, gapning egasi ot bolan ifodalangan bo‘lsa, sich undan oldin ham, undan keyin ham turadi.
Heute zieht sie sich warm an.

Download 10.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling