Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari
Download 0.77 Mb.
|
Do\'sqobilova dissertatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug‘likka talabi.
Tuproqqa talabi. Kuzgi bug‘doyning boshqa g‘alla ekinlariga nisbatan tuproqqa talabchanligi yuqori. Uning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq muhiti neytral (betaraf – pH - 6-7,5) bo‘lishi kerak. U tuproqning unumdor, begona o‘tlardan toza va etarli namlikka ega bo‘lishiga talabchan. Bug‘doy eng barqaror va yuqori hosilni unumdorligi yuqori qora tuproqlarda, to‘q kashtan tuproqlarda beradi.
O‘zbekistonda eng keng tarqalgan bo‘z tuproqlar ham begona o‘tlardan toza bo‘lsa kuzgi bug‘doy uchun eng qulay hisoblanadi. Bu tuproqlar chirindiga, azotga kambag‘al bo‘lsa ham ularda mikrobiologik jarayonlar juda jadal o‘tadi va o‘simliklar o‘zlashtirishi oson bo‘lgan ma’danli moddalarning harakatchan formalarini hosil qiladi. Sug‘oriladigan erlarda keng tarqalgan o‘tloq, bo‘z-tuproq, o‘tloq-botqoq tuproqlar ham kuzgi bug‘doydan mo‘l hosil etishtirish uchun juda qulay. Yorug‘likka talabi. Yorug‘lik bug‘doy o‘simligi hayotining eng muhim omillaridan biridir. Yorug‘lik kunining uzunligi, yorug‘likning intensivligi va uning spektr tarkibi, fotosintez intensivligiga, organik moddalarning to‘planishiga, o‘simlikning o‘sishiga, rivojlanishiga, ayrim organlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Yorug‘lik barglar tuproq yuzasida paydo bo‘lmasdan o‘simlikka ta’sir ko‘rsatadi. Intensiv yorug‘likda kaleoptil tuproq yuzasiga chiqmasdan o‘sishni to‘xtatadi. Bulutli, quyosh yorug‘lik kuni qisqa sharoitda kaleoptil tuproq yuzasiga chiqishi ham mumkin. Kuzgi o‘suv davrining boshlanishida yorug‘likning etishmasligi o‘simlikning o‘sish tezligiga birinchi navbatda barglar va tuplanish tugunining hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Serquyosh ob-havo unib chiqish fazasida, ayniqsa, ikkinchi, uchinchi barglarning o‘sish davrida, qulay harorat, suv, oziqa rejimi bilan uyg‘unlashgan holda yirik barglar hosil bo‘lishiga va tuplanish tugunining chuqur joylashishiga yordamlashadi. Aksincha bulutli, yomg‘irli ob-havo past harorat bilan uyg‘unlashganda tuplanish tuguni tuproq yuzasiga yaqin joylashadi va qish davrida o‘simlikning zararlanish xavfini kuchaytiradi. Kuzgi bug‘doy uzun kun o‘simligi. Bahorda, o‘sish davrida 13-14 soatdan kam bo‘lmagan yorug‘lik kuni o‘simlikning ko‘p miqdorda plastik moddalar to‘plashi, biomassaning to‘planishi va yorug‘lik stadiyasini tez o‘tishiga yordamlashadi. Quyoshli ob-havo sharoitida naychalash fazasining boshlanishida qisqa, ammo mustahkam pastki bo‘g‘im oralig‘i shakllanadi va o‘simlik yotib qolishga chidamli bo‘ladi. Serquyosh, bulutsiz, ochiq ob-havo, etarli namlik donning shakllanishi, pishib etilishida, yuqori hosil olishda muhim omillar hisoblanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling