Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


-§. Kuzgi bug’doy yetishtirish agrotexnikasi


Download 0.77 Mb.
bet14/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

2.5-§. Kuzgi bug’doy yetishtirish agrotexnikasi
Yerga ishlov berish o’tmishdosh ekin qoldiqlaridan tozalashdan boshlanadi. O’z vaqtida sifatli qilib o’tkazilgan yerga ishlov berish, bu yuqori hosil yetishtirish garovidir. Yerlar tozalanib, mahalliy va fosforli - kaliyli o’g’itlardan tajriba tuzilmasi bo’yicha solinib, 28-32 sm chuqurlikda dalaning nishabligiga ko’ndalang qaratib sifatli shudgorlash o’tkazildi. Yerlarni shudgorlashdan oldin gektariga 600-700 m³/ga suv berilib, nam to’plovchi sug’orish o’tkazish yaxshi samara beradi. Ekishdan oldin yerlar baronalab, kesaklar maydalanadi. Shu hudud uchun kuzgi donli ekinlarni ekish muddatiga rioya qilingan holda belgilangan muddatlarda ekish o’tkaziladi.
Kuzgi bug’doyning ekish usullari turlicha bo’lib, ko’pchilik hollarda qator oralig’i 15 sm, tor qatorlida 6,5-8,5 sm qilib ekiladi. Kuzgi bug’doyning ekish me’yori, muddati va chuqurligini aniqlashda shu tumanning tuproq-iqlim sharoiti, agrotexnika darajasi, ekish materialining sifati, shuningdek navning biologik xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak. Ekish me’yorlarini belgilashda, uni har bir gektar uchun kg hisobida emas, balki unib chiquvchi donlar soni hisobida 1 ga uchun ekish me’yorlarini belgilash juda muhimdir. Shundan kelib chiqqan holda biz tajriba dalasiga kuzgi bug’doyning “Tanya” navi urug’larini 5 mln dona hisobida S3-3,6 seyalkasida 4-5 sm chuqurlikda ekdik.
O’z vaqtida yuqori sifatli qilib ekilgan, yaxshi agrotexnikaga rioya qilinsa, kuzgi bug’doy kuzda yaxshi rivojlanib tuplanadi va qish oylarida bo’ladigan sovuq kunlarga chidamli bo’ladi. O’simlikni parvarish qilishga, uni oziqlantirish, bahorda begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi ko’rashish chora-tabdirlari kiradi. Kuzgi bug’doyni oziqlantirish kuzda va bahor oylarida o’tkaziladi. Kuzgi oziqlantirish azotli va fosforli o’g’itlar bilan o’tkaziladi. Bunday oziqlantirish o’simlikning qishga (sovuqqa) chidamliligini keskin oshiradi. Shuningdek, o’simlikning kasalliklarga chidamliligini oshirib, poyalarni mustahkamlaydi va ularni yotib qolishdan saqlaydi. Kuzgi oziqlantirishni ekish bilan bir vaqtda gektariga 15-20 kg/ga bilan o’tkazish yaxshi samara beradi. Erta bahorda kuzgi bug’doyni azotli oziqlantirish juda muhim tadbir hisoblanadi. Buning uchun ob - havo sharoitiga, o’simlikning qishdan qanday holatda chiqishiga va kech kuzda oziqlantirish me’yoriga qarab, har bir gektar hisobiga 70 kg ammiakli selitra bilan oziqlantiriladi. Bunday oziqlantirish o’simlikning yaxshi o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi hamda yuqori va sifatli hosil yetishtirish imkonini beradi. Ikkinchi va uchinchi oziqlantirishlar naychalash va boshoq tortish davrida mos ravishda 60-70 kg/ga azot miqdori bilan o’tkaziladi. Tajriba dalasida erta va kech bahorgi yumushlardan biri, bu g’allazorlarni begona o’tlardan tozalash va vujudga kelish xavfi bo’lgan kasallik va zararkunandalarga qarshi ko’rashish chora – tadbirlarini ishlab chiqishdir. Begona o’tlarga qarshi kurashishda kimyoviy preparatlar – gerbisidlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun bug’doyzorlarni qaysi begona o’tlar bilan qanday darajada ifloslanganlik darajasini, begona o’tlarning turlarini bilgan holda qanday gerbisidlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish kerak va shundan keyingina ularga qarshi ko’rashish yaxshi samara beradi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling