Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari
-§. Tajriba o‘tkazilgan joy iqlim sharoiti
Download 0.77 Mb.
|
Do\'sqobilova dissertatsiya
2.4-§. Tajriba o‘tkazilgan joy iqlim sharoiti
Dala tajribasi o‘tkazilgan joyda viloyatning sahro mintaqasiga kiruvchi sug‘oriladigan och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ushbu mintaqa iqlimi keskin o‘zgaruvchan, yillik yog‘ingarchilik miqdori 100-200 mm bo‘lib, uning asosiy qismi (50-52 %) kech kuz va qishda yog‘adi mart aprel oylaridagi yog‘ingarchilik 37-40% dan oshmaydi. Vohaning cho‘l qismida havo harorati yuqori bo‘lib, yillik o‘rtacha 180C, Sherabod tumanida 190C ga yetgan yillar ham mavjud. Mavsumda ushbu tumanlarda o‘rtacha havo harorati 25,6–26,7 oC ni, yozda 32oC ni, kunlik 36-38 oC ni tashkil etadi. Bu yerlarda eng yuqori xarorat 40-50oC, eng past -20 oC atrofida bo‘lishi kuzatilgan, yil davomida 246-262 kunlar issiq bo‘lib, yog‘ingarchilik miqdori 127-169 mm, mavsumda esa 30-40mm, namlik mavsumda 30-40% ba’zi oylarda 18-20% gacha pasayadi. Termiz guruhi tumanlarida chang-to‘zonli kunlar, shamollar ko‘p bo‘lib, yoz paytida havoning nisbiy namligi 6-8% gacha pasayishi mumkun . Vohaning cho‘l qismida havo harorati yuqori bo‘lib, yillik o‘rtacha 18 0C, Sherabod tumanida 190C ga yetgan yillar ham mavjud. Surxon–Sherobod vohasi tuproq sharoitini o‘rgangan olimlardan Neustiruev, Gerasimov va Kimberg lar vohaning umumiy maydoni 1600 km2 ekanligini takidlaydilar. Bu voha shimoliy–g‘arbiy va sharqiy tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan, janub tarafdan Amudaryo orqali Afg‘on sahrosiga ochiladi, yozi issiq, foydali haroratlar yig‘indisi 55000C ni tashkil etadi. Vohada yerlar asosan, Surxondaryo, Sheraboddaryo, Amudaryo suvlaridan va mavjud suv omborlardan sug‘oriladi. Surxon-Sherobod vohasi geomorfologik tuzilishiga ko‘ra, ikki qismga bo‘linadi. Tog‘lik qism: Tekisliklar qismi: Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlar tuproq sharoitiga ko‘ra ikkita katta guruhga ajratilgan. (“O‘zGIPROZEM” 1970). 1. Bo‘z tuproqlar guruhida–to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z, och tusli bo‘z tuproqlar, bo‘z o‘tloqi tuproq, va botqoq tuproqlar tarqalgan. 2. Sahro qismi guruhida–taqirsimon, bo‘z qo‘ng‘ir, o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon, sahro qumoq, va sho‘rxok tuproqlar tarqalgan. Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni 2059,9 ming/ga, shundan foydalaniladigan qismi 450,2 ming/ga, sug‘oriladigan maydon 333,8 ming/ga qolgan 1358,7 ming/ga maydon tog‘lik, daryo va ko‘l hamda boshqa yerlarni tashkil etadi .Bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar maydoni 6793 ga, taqirsimon tuproqlar 82568 ga, taqirsimon o‘tloq tuproqlar 10645 ga sahro qumoq tuproqlar 9358 ga sahro o‘tloqi tuproqlar 46417 ga va sho‘rxoklar 21506 gektarni tashkil etadi. Sahro mintaqasi tumanlariga Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, Sherabod, Qiziriq va Angor, Qiziriq va Qumqo‘rg‘on tumanining bir qismi kiradi . Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling