Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


IV. Yangi va foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar maydonni o‘zlashtirish


Download 0.77 Mb.
bet22/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

IV. Yangi va foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar maydonni o‘zlashtirish.
- Sug‘orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larni (respublika va mahalliy budjet hamda tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari) aniq hisob-kitob qilgan holda, 2022-yilda yangi va foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish hamda mablag‘ ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish.
- Yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga jami 2022-yilda 1,5 mln tonna qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish.
V. Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 1,5 barobar va issiqxonalarni 1,2 barobar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 mlrd AQSh dollariga oshirish.
- 2022-yilda 25 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy qilgan holda, intensiv bog‘larni tashkil qilish.
- “Tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida 1,5 ming gektarda intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish.
- Iqtisodiy samarasiz bo‘lgan 8 ming gektar bog‘larni rekonstruksiya qilish.
- Sertifikatlangan 5 mln dona meva ko‘chatlari bilan ta’minlash.
- 2022-yilda 50 ming gektar maydonda tokzor barpo etish va buning uchun 66 mln dona ko‘chatlarni yetkazib berish.
- 2022-yilda 1 ming gektarda issiqxonalarni tashkil etish va jami maydonni 6,5 ming gektarga yetkazish.
- Eksport salohiyatini kelgusi 3 yilda yana 1 mlrd AQSh dollariga oshirish choralarini ko‘rish.
VI. Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish.
- O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ish-reja va dasturni tasdiqlash.
Qonun loyihasida:
- tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish shartlari;
tuproqlar va uning unumdorligini muhofaza qilishning iqtisodiy choralarni belgilash;
- tuproq holatini yaxshilab, unumdorligini oshirishga erishgan yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish.
- O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling