Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


Download 0.77 Mb.
bet20/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

3.4.1-jadval
Mineral o’g’it dozalarining kuzgi bug’doy don hosili sifatiga ta’siri.



Variantlar

Oqsil miqdori%

Don naturasi, g/l

Kleykovina, %

Shishasimon
ligi, %

Kraxmal, %

1000 ta don massasi, gramm

1
Nazorat

12.55

742

30.3

67

59

32.2

2

N160P120K80

13.80

760

31.1

70

60

34.9

3

N200P150K100

14.25

768

31.4

71

60

35.5

4

N160P120K80+20 t/ga go’ng

14.50

771

31.6

72

61

35.7

5

N200P150K100+20 t/ga go’ng

14.82

774

31.9

72

62

36.2

Bug‘doyning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri uning hamirlilik sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri kleykovinadir. Kleykovina miqdori ortishi bilan hamirning yopishqoqligi ortadi, oquvchanligi kamayadi. Mineral o’g’itlar me’yorini ortishi bilan kleykovina miqdori ham ortadi, faqat N160P120K80 va N200P150K100 variantlarida kleykovina miqdori bir xil bo‘lganligi kuzatildi. Masalan: nazorat variantida 30.3 % kleykovina bo’lgan bo’lsa, N160P120K80 variantida 31.1 %, N200P150K100 variantida 31.4 %, N160P120K80+20 t/ga go’ng variantida 31.6 %, N200P150K100+20 t/ga go’ng ga teng bo’ldi (3.4.1-jadval) Mineral o’g’itlar qo’llash natijasida donning shishasimonligi va kraxmal miqdori variantlar orasidagi farq uncha o’zgarmadi.

IV-BOB. 2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI
Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish maqsadida:
I. Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali 2022-yilda daromadni kamida 25 foizga oshirish.
- mahsulot tannarxini 30 — 35 foizga qisqartirish, paxtadan o‘rtacha 37 sentner va g‘alladan 70 sentner hosil olishga erishish.
- biologik eskirgan navlar o‘rniga serhosil, ertapishar, tola va don sifati yuqori bo‘lgan 8 ta g‘o‘za va 12 ta g‘alla navlari maydonini kengaytirish;
- zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hisobiga paxta va don hosildorligini gektaridan 7 — 10 sentnerga oshirish;
- 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarida lazerli tekislashni joriy qilish hisobiga 20 — 25 foiz suvni iqtisod qilish va qo‘shimcha 5 — 6 sentner hosil olish.
-Meva-uzumchilkda yangidan 4 ta “In-vitro” laboratoriyalari hamda 4 ta zamonaviy ko‘chatxonalar tashkil etish orqali har yili kamida 10 mln dona virussiz ko‘chatlar yetishtirish.
- Dunyodagi mashhur xo‘raki va vinobop uzumning 7 ta navlarini “In-vitro” (virussiz) usulida ko‘paytirish.
- Sabzavot va poliz ekinlarini seleksiyasini kuchaytirish hisobiga mahalliy navlarning ulushini oshirish.
- Kartoshkaning virusga chidamli 2 ta navi asosida mahalliy navlarni yaratish;
- 23 ming gektarda sabzavot ekinlarini intensiv usulda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. Hududlarda 110 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari va 35 ta g‘allachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda, klasterlarning meva-sabzavot va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini hamda eksportdagi ulushini 2 baravarga va ish o‘rinlarini 3 baravarga oshirish.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling