Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


Download 0.77 Mb.
bet3/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin nafaqat g’alla ekinlarining maydonini ko’paytirish kerak, balki ularni hosildorligini ham oshirish kerak. Chunki sug’oriladigan ekin maydonlari chegaralangan hisoblanadi. G’alla ekinlaridan eng muhimi kuzgi bug’doy bo’lib, u respublikamizda katta maydonlarni egallaydi. Shuning uchun kuzgi bug’doy hosildorligini oshirish masalalarini o’rganish katta ahamiyatga ega. Kuzgi bug’doyni hosildorligini oshirishda mineral va organik o’g’itlar katta rol o’ynaydi. Chunki tuproqda o’simliklar o’zlashtira oladigan mineral azot, fosfor, kaliy xamda ularning xarakatchan shakillari ammoniy va nitrat shaklidagi azot miqdori xarakatchan fosfor, almashinuvchan kaliy miqdorlari o’simliklarni, jumladan kuzgi bug’doyni oziqlanishi uchun yetarli emas. Bu holat tuproqda mineral oziq moddalar miqdorini minimal darajada ekanligi bilan bog’liq. Shuning uchun ham ekinlar hosildorligini dehqonchilikning minimal qonuni bo’yicha tuproqdagi oziq moddalar miqdori belgilaydi. Tuproqdagi oziq moddalar miqdorini oshirishda mineral va organik o’g’itlarning roli beqiyosdir. Mineral o’g’itlar tarkibidagi azot, fosfor, kaliy mineral shaklda bo’lib uni o’simliklar birdaniga bevosita o’zlashtira boshlaydi. Shuning uchun ham mineral o’g’itlar tuproqda mineral miqdorini oshirib kuzgi bug’doy oziqlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin bunda mineral o’g’itlarning samaradorligini oshirish uchun ularni organik o’g’it go’ng bilan birgalikda qo’llash masalalarini ilmiy ravishda o’rganish kerak bo’ladi. Bu masalalar ko’p jihatdan mineral va organik o’g’itlarning qo’llash muddatlari va me’yorlarini to’g’ri belgilash bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun mineral va organik o’g’itlar me’yorlarining samaradorligini kuzgi bug’doy ekinini yetishtirishda o’rganish dolzarb masala hisoblanadi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Tajriba o‘tkazishning maqsadi kuzgi bug‘doyni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral va organik o‘g‘itlarni ta’sirini o‘rganishdan iborat.
Oldimizga qo‘yilgan ushbu maqsadni hal etishda kuzgi bug‘doy o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlarini to‘plashi uchun eng muqobil sharoit yuzaga keldi. Bunda tuproq oziq rejimi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tuproqdagi mineral azot miqdorini bevosita bir zumda oshiradigan tadbir bu azotli o‘g‘itlarni qo‘llash hisoblanadi. Azotli o‘g‘itlardagi oziq moddaning o‘zlashtirilish koeffitsiyenti ancha past, shu bilan birga ularning ta’siri nisbatan qisqa bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari yuvilish va uchib ketish natijasida azotli o‘g‘itlar atrof muhitni ifloslaydi. Azotli o‘g‘itlar maxsulot sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu salbiy oqibatlarning oldini olgan holda azotli o‘g‘itlardan kuzgi bug‘doy yetishtirishda yuqori samara olish dolzarb masala hisoblanadi.
Buning uchun mineral va organik o‘g‘itlarning qo‘llash muddati, me’yori, usuli va chuqurliklari ilmiy asosda o‘rganilishi kerak. Ushbu masalalarni o‘rganish maqsadida Qiziriq tumani och tusli bo’z tuproqlarida kuzgi bug‘doy ekinida dala tajribasi o‘tkazdik.
Tajribaning maqsadi Qiziriq tumani och tusli bo‘z tuproqlarida tuproqlarida mineral va organik o‘g‘itlarning turli xil me’yorlarini bug’doy oziqlanishi, o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan edi:
Qiziriq tumani och tusli bo’z tuproqlarining tabiiy oziq rejimini o‘rganish va undagi qonuniyatlarni ochib berish;
Mineral va organik o‘g‘itlarning turli me’yorini tuproqlar oziq rejimiga, xususan ammoniy va nitrat shaklidagi azot, mineral azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy miqdoriga ta’sirini aniqlash;
Mineral va organik o‘g‘itlar turli me’yorining och tusli bo‘z tuproqda o‘stirilgan kuzgi bug‘doy o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlar to‘plashiga ta’sirini tadqiq qilish
Mineral va organik o‘g‘itlar turli me’yorining tuproq sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’sirini o‘rganish;
Qiziriq tumani och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy ekini uchun eng optimal o‘g‘itlash me’yorini aniqlash.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling