Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


- mavzu: Transmissiya va osmalarni yig‘ish


Download 379 Kb.
bet15/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1404978732 55264

20- mavzu: Transmissiya va osmalarni yig‘ish.
Reja:



  1. Differensialni yig‘ish.

2. Orqa ko‘prik reduktorini yig‘ish.
3. Avtomobil orqa ko‘prigini yig‘ish.


1. Differensialni yig‘ish.
Differensial yarimo‘qlarning tishli g‘ildiraklari qutisidan, satellitlardan, ularning o‘qlari va shtiftdan iborat. Uni yig‘ish jarayoni quyidagi amallarni qamrab oladi.
1. Differensial qutisiga yarim o‘qlarning ikkita tishli g‘ildiraklarini qo‘yish. Bundan oldin g‘ildirak bo‘yniga dvigatel moyi suriladi.
2. Ikkita satellitni qo‘lga olib, ularning tishini yarimo‘q g‘ildiraklarining tishlari bilan ishlatish; texnologik o‘qni satellitlarga kirgizish va ularni qo‘l bilan yoki dinamometrik buragich bilan aylantirib, quti ichiga kirgizish. Bunda eng katta burovchi moment 20 Nmdan oshmasligi kerak.
3. Satellitlar teshigini differensial qutisi teshigi bilan mos keltirish, dvigatel moyiga botirib olingan satellit o‘qini olib, uni mos kelgan teshiklarga tiqish. Shunda texnologik o‘q chiqib ketadi.
4. Qutidagi 5 mm teshikni satellit o‘qidagi xuddi shunday teshik bilan mos keltirish, unga shtift qo‘yib, uchini kern bilan pachoqlash.
Differensial yig‘ilib bo‘lgach, ko‘zdan kechiriladi: to‘plamning butunligi, quti flanesning ko‘ndalang yuzida urilgan joylar bor-yo‘qligi, yarimo‘qning tishli g‘ildiraklarini aylantiradigan burovchi momentning qiymati tekshiriladi. Yig‘ilgan differensialdagi tishli g‘ildiraklarning burchak bo‘yicha ham tekshiriladi. Yarimo‘qlarning tishli g‘ildiraklaridan biri to‘xtab turganda liqillash 14 dan oshmasligi kerak. Tekshiruvdan o‘tgan differensiallar orqa ko‘prik reduktori yig‘iladigan joyga uzatiladi.
2. Orqa ko‘prik reduktorini yig‘ish.
1. Reduktor karterini siqilgan havo bilan puflash.
2. Karterni yig‘ma o‘lchamini o‘lchash.
3. Yetakchi tishli g‘ildirakning orqa tomonidagi asos yuzasi podshipnikning ichki halqasiga tiralib qolguncha presslab kirgizish.
4. Yig‘ma o‘lchamni maxsus stendda o‘lchash (etakchi tishli g‘ildirak bilan orqa podshipnikning yig‘ma o‘lchami). O‘lcham–etkchi tishli g‘ildirak kallagini yig‘uvdagi holatini o‘lchash. Bu holatni rostlash uchun qistirmaning o‘lchamini aniqlash. U koordinatasi orqali aniqlanadi.
5. Oldingi va orqa podshipniklarning tashqi xalqalarini reduktor karteriga presslab kirgizish. Bunda xalqalar bo‘rtmaga tiralguncha yoki o‘lchamni ta’minlab presslanadi.
6. Yetakchi tishli g‘ildirak podshipniklarining taranglik qiymatini aniqlash; bu taranglikni rostlaydigan qistirmalar to‘plamining qalinligini hisoblab topish va to‘plamni saralab olish.
7. Saralangan qistirmalar to‘plamini o‘z joyiga qo‘yish.
8. Yetakchi tishli g‘ildirak-valning uchiga (reduktor karteridan chiqib turadi) tayanch shayba, moytutqich va flanes kigizish.
9. O‘sha joyga shayba kigizish, burash va uni 145-160Nm moment bilan qotirish.
10. Yig‘ma masofani tekshirish: yetakchi tishli g‘ildirak kallagining erkin ko‘ndalang yuzidan karter quloqlaridagi teshiklar o‘qigacha bo‘lgan masofa-53,4 mm.
11. Yetakchi tishli g‘ildirak flanesi urishini tekshirish.
12. Karter quloqlaridagi teshik o‘qlarining yetakchi tishli g‘ildiark o‘qiga nisbatan perpendikulyarlikdan og‘ishi 0.03 mm atrofida bo‘ladi.
13. Differensial qutisini reduktorning boshqaruvchi tishli g‘ildiragi ichiga, flanesning ko‘ndalang yuziga tiralguncha presslab kiritish.
14. Flanes teshigiga 8ta boltni shaybasi bilan qo‘yib burash va gaykaburagich bilan qotirish. Burovchi moment 50-65Nm.
15. Boshqariluvchi tishli g‘ildirak ko‘ndalang yuzasining differensial qutisi tayanch bo‘ynining o‘qiga nisbatan urishini 0.03 mm atrofida rostlash.
16. Differensial qutisi tayanch bo‘yinlariga o‘rnatiladigan podshipniklarning ichki xalqasini presslab kiritish. Ikkala xalqa bir vaqtda, tiralib qolguncha presslanadi.
17. Boshqariluvchi tishli g‘ildirak ko‘ndalang yuzasining podshipniklarning ichki xalqalari ko‘ndalang yuzasiga nisbatan urishini; maxsus moslama yordaimda bajariladi; urish 0.05 mm gacha.
18. Karterni boshqariluvchi tishli g‘ildirak bilan yig‘ish.
19. Reduktorni stenda sinash.
20. Reduktorga rostlovchi gaykalarning to‘xtatuvchilarini o‘rnatish va ularni boltlar bilan qotirish. Bolt tagiga prujinali shayba qo‘yiladi.
Quyida texnologik amallarning tafsilotlari keltiriladi.
Ikkinchi amalni bajarishda karter moslamaga o‘rnatiladi va yig‘ma o‘lcham o‘lchanadi. Bu o‘lcham asos ko‘ndalang yuza va differensial podshipniklari qo‘yiladigan ikkita asos teshigi bo‘yicha o‘lchanadi. Bunda podshipnik teshiklariga ikkita o‘rnatuvchi tiqin qo‘yiladi. Indikatorning ko‘rsatishi berilgan XA1 (116,25 mm)dan og‘ishini ko‘rsatadi. Og‘ishni, musbat yoki manfiy ifodasi bilan birga karterga yozib qo‘yiladi. O‘lchov aniqligi 0.01 mm.
Indikatorni «0»ga qo‘yishda etalondan foydalaniladi. Etalon 116,25 mm o‘lcham bo‘yicha 0.005 mm aniqlik bilan tayyorlanadi.
To‘rtinchi amal maxsus stendda bajariladi. Uning ish sikli podshipniklarning tashqi xalqasini aylantira turib, radius bo‘yicha yo‘nalgan kuch bilan siqishdan iborat. Bunda podshipnikka press yordamida o‘q bo‘yicha yo‘nalgan kuch beriladi.
Stendning ish sikli boshlanganda indikatorning ko‘rsatgiya yozib olinadi. U XA2 o‘lcham etalondan qancha og‘ishini ko‘rsatadi. Yetakchi tishli g‘ildirakning erkin ko‘ndalang yuzasi bo‘yicha XA3 yig‘ma masofani tuzatuvchi kattalikning qiymati va ifodasi aniqlanadi. Shundan so‘ng, yetakchi tishli g‘ildirakning yig‘ma holatini rostlaydigan qistirma (kompensator)ning kerakli qalinligi hisoblanadi:
XAKXA2-(XA1+XA3)
bu yerda: XA1- karter yig‘ma o‘lchamining etalondan og‘ishi; XA2 yetakchi tishli g‘ildirak va orqa podshipnik yig‘indisining yig‘ma o‘lchami etalondan qanchalik og‘ishini ko‘rsatadi; XA3-yetakchi tishli g‘ildirakning erkin ko‘ndalang yuzasi holatidagi og‘ish; XAK – kompensator o‘lchami (qalinligi).
Hisoblar natijasiga qarab, tishli g‘ildirakning reduktor karteri ichidagi holatini rostlaydigan qistirmalar to‘plami tanlanadi. So‘ngra, kompensatorning kuch ta’sir qilgandan keyingi haqiqiy o‘lchami, stendda qaytadan tekshiriladi.
Podshipnikka kuch bilan ta’sir etib, bir necha bor aylantiriladi-da, har aylanish uchun indikator ko‘rsatayotgan raqam yozib olinadi va ulardan o‘rtacha qiymat chiqariladi. Indikatorni 62,865 mm o‘lchamga mo‘ljallangan etalon bo‘yicha «0» belgiga sozlanadi. Etalon 0.005 mm aniqlik bilan tayyorlanadi.
Stendda o‘q bo‘yicha ta’sir etadigan kuch 3000-10 N ga teng bo‘ladi.
Podshipnikning tashqi xalqasini radius bo‘yicha siqish kuchi diametriga beriladigan taranglikning o‘rtacha qiymatiga mos kelishi kerak (taranglik 0.03 mm). Qalinligi 0.05; 0.8;0.12 mm bo‘lgan qistirmalardan to‘plam saralanadi, shu bilan birga bir xil qalinlikdagi qistirmalar ikkitadan oshmasligi kerak.
Beshinchi amal pressli maxsus moslamada bajariladi. Podshipnik xalqalarini presslab kiritishdan oldin dvigatelni moyga botirib olish kerak. Oldingi podshipnikning tashqi xalqasi moslamaning konus opravkasiga, orqa podshipnikning tashqi xalqasi esa-press plujjerining konus uchiga kigiziladi. Reduktor karteri tortmali taglikka yig‘ma flanesning teskari tarafi bilan, ikkita teshikka asoslab o‘rnatiladi. Shundan keyin maxsus moslama karterni presslash mintaqasiga uzatadi. Bu yerda karterning holati turg‘un qilinib, asos flanesi bilan moslamaning asos plitasiga mahkamlanadi. Keyin press ishga tushiriladi va ikkala xalqa bir-biri tomonga siljib, karter uyasiga kirib qoladi. Xalqalarni presslab kiritadigan kuch ularning ko‘ndalang yuzasiga tushishi kerak; tebranma harakat qiluvchi ob’ekt-konus roliklarga to‘g‘ri kelishi mumkin emas.
Oltinchi amal to‘rt o‘tishda bajariladi. Birinchi o‘tishda yetakchi tishli g‘ildirakni orqa podshipnikning ichki xalqasi bilan yig‘ilgan holda stend markaziga qo‘yiladi va podshipniklarning dastlabki tarangligi rostlanadi. Keyin tishli g‘ildirak o‘qining uchiga tirgak vtulka va oldingi podshipnikning ichki xalqasi kigiziladi. Press ishlatiladi, xalqalar va tishli g‘ildirakning asos ko‘ndalang yuzasiga siqib keltiriladi va indikator ko‘rsatkichini «0» belgiga qo‘yiladi, so‘ngra stend o‘chiriladi.
Ikkinchi o‘tishda tishli g‘ildirakni oldingi podshipnikning ichki xalqasidan surib chiqariladi. Uchinchi o‘tishda yetakchi tishli g‘ildirakni orqa g‘ildirakning ichki xalqasi va tirgak vtulka bilan birga yig‘ilgan holda karterga o‘rnatiladi. Shundan keyin karter stendga qo‘yib podshipniklarning dastlabki tarangligi rostlanadi. Yetakchi tishli g‘ildirak-valining uchiga oldingi podshipnikning ichki xalqasi kigiziladi. Press va karterni aylantiruvchi mexanizmi ishlatiladi indikator strelkasining «0»dan o‘rtacha og‘ishi qayd etiladi. Karterni aylantiruvchi mexanizmi va press o‘chiriladi.
To‘rtinchi o‘tishda yetakchi tishli g‘ildirak podshipniklarining dastlabki tarangligi rostlaydigan qistirmalar to‘plamining zaruriy qalinligi hisoblab topiladi. Bu qilinlik karterni stendda aylantirganda indikator sterlkasi og‘ishining o‘rtacha qiymatiga 0.03 mm-tirgak vtulka va karterning elastik (o‘z holiga qaytuvchi) deformatsiyasini hisobga oladigan raqam. Bu deformatsiya gaykani burab qotirish natijasida yuzaga keladi.
Pressning kuchi 3,0-3,5 kN oraliqda bo‘lishi kerak. Shunda oldingi podshipnikning ichki xalqasini tirgak vtulkaga tiralguncha presslash mumkin. Podshipniklarga kuch ta’sir qilgan holda karter kami bilan 3-4 marta aylantirilishi kerak.
Yettinchi amalni bajarishda yetakchi tishli g‘ildirakni oldingi podshipnikning ichki xalqasidan surib chiqariladi. Bu g‘ildirak o‘qining uchiga qistirmalar to‘plami kigiziladi. Keyin oldingi podshipnikning ichki xalqasi kigiziladi.
Sakkizinchi amal presslovchi maxsus moslamada bajariladi. Karter, yetakchi tishli g‘ildirak bilan birga pressli moslamaga o‘rnatiladi. /ildirak o‘qiga tayanch shayba kigiziladi. Pressning shtokiga moytutqich qo‘yiladi.moytutqichni va oldingi podshipnikning ichki xalqasini tiralib qolguncha presslab kirgiziladi. /ildirak o‘qiga, uning shlitsalariga shlitsasini moslab flanes kigiziladi va uni tayanch shaybaning ko‘ndalang yuzaga tiralguncha presslanadi. Moytutqichni kiygizishdan oldin uni moyga botirib olish kerak.
To‘qqizinchi amal maxsus stendda bajariladi. Gayka buraliyotganda tishli g‘ildirak ham aylanadi. Uni 145-160 Nm moment bilan qotiriladi. Yetakchi tishli g‘ildirakni aylantiradigan moment podshipniklarda 1.5-2.5 Nm ga teng bo‘ladi.
O‘ninchi amalni bajarishda o‘lchov asbobi ko‘rsatayotgan raqamni qayd etish nazorat moslamasi ishlab turgan holda bajariladi. Indikator asbobni «0» raqamga sozlashda 53.4 mm li etalon ishlatiladi. Asbob og‘ishning miqdorri va ifodasi (musbat yoki manfiy) tishli g‘ildirak kallagining erkin ko‘ndalang yuzasida yozib qo‘yilgan og‘ish miqdorri va ifodasi bilan mos tushish kerak. Mos kelmaslik (+0.02)+(0.05) mm oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Agar yig‘ma masofa ruxsat etilgan bu og‘ishlardan chiqib ketsa, reduktor saralanadi. Moslamaning o‘lchov shtokidagi kuch 100 N dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
O‘n birinchi amal maxsus stendda, tishli g‘ildirakni aylantirgan holda bajariladi. Yetakchi tishli g‘ildirak flanesi ko‘ndalang yuzasining va bo‘rtmasining 35 mm radius chegarasidagi urishi 0.1 mm atrofida ruxsat etiladi.
O‘n uchinchi amalda differensial qutisini presslab kiritish uchun pressli moslamadan foydalaniladi. Bu amalga differensial yig‘ilib, tayyor holda, konveyr bilan keltiriladi. Differensial qutisi boshqariluvchi tishli g‘ildirakning rezbali teshiklari bilan ustma-ust tushirilgandan keyin, presslab tashlanadi.
Differensial qutisi va boshqariluvchi tishli g‘ildirak yig‘masini o‘rnatuv bo‘yinlari bilan moslamaning prizmasiga qo‘yib, tishli g‘ildirakning (15-amal) urishi tekshiriladi. Differensialni tayanchlar ustida qo‘l bilan aylantiriladi. Boshqariluvchi tishli g‘ildirakning urishi 0.03 mm atrofida ruxsat etiladi.
O‘n sakkizinchi amal maxsus moslamada bajariladi. Unga karter yetakchi tishli g‘ildirak bilan yig‘ilgan holda, og‘zi bilan pastga qilib qo‘yiladi. Differensial podshipniklari qopqog‘ining 4ta bolti yechiladi, qopqoqlarni boltlari bilan chiqariladi (qopqoqlar o‘zaro almashinmaydi). Shundan keyin differensialni boshqariluvchi tishli g‘ildirak va podshipniklar bilan yig‘ilgan holda (17-amaldan chiqqan) reduktor karteri ichiga qo‘yiladi.bunda podshipniklar reduktor qulog‘iga qo‘yiladi, g‘ildirakning tishlari sezilarli tirqish bilan ilashadi; tishli g‘ildiraklardagi yozuvlar bir-biriga mos tushishi kerak. Karterning rezbali va yarimsilindr yuzali qulog‘iga rostlovchi gaykalar buraladi quloqqa qopqoq yopiladi va ikkita bolt bilan qotiriladi.
Shundan so‘ng ilashgan tishlarning yon tirqishi rostlanadi. Indikator tayoqchasini boshqariluvchi g‘ildirak tishiga qo‘yib, bu tirqish tekshiriladi. Agar tirqish bo‘lmasa yoki juda kam bo‘lsa, quyidagicha rostlash ishi bajariladi. Rostlovchi gaykani 1/4 aylanaga teskari burab, differensial podshipniklarning qopqog‘i bo‘shatiladi. Yon tirqish 0.05-0.10 mm bo‘lmaguncha gayka (boshqariluvchi g‘ildirak tomonidagi) teskariga aylantiraveradi. Bunda narigi rostlovchi gayka podshipnik xalqasiga tegmay turishi kerak. Rostlangan tomondagi podshipnik qopqog‘ining boltlari buraladi va 68-75 Nm moment bilan qotiriladi. Keyin narigi gayka buraladi. Uni shunday tortish kerakki, podshipnik qopqog‘ining boltlari 68-75 Nm moment bilan burab qotirilganda yon tirqish boya o‘lchangan tishda 0.12-0.17 mm oraliqda bo‘lsin. Tirqish kamida 0.10 mm, ko‘pi bilan 0.22 mm bo‘lishi kerak. Tirqishning ortib borishi bir tekis bo‘lishi kerak. Ikkita, yonma-yon tishda o‘lchangan yon tirqishlarning farqi 0.05 mm dan oshmasligi, g‘ildiraklarda o‘lchangan tirqishlarning farqi ko‘pi bilan 0.08 mm bo‘lishi kerak.
Reduktor (19-amalda) maxsus stendda sinovdan o‘tadi. Reduktor stendga maxkamlanib, yurituvchi valga ulanadi. Uning o‘ng va chap tomonidan texnologik yarimo‘qlar tiqiladi. Boshqariluvchi g‘ildirak tishlari pastga suriladi. Differensial ishi har tomondan navbat bilan tekshiriladi. Sinovda reduktorning g‘ildiraklari aylanishi asta ko‘paytirib boriladi va 1000-1500 ayl/min gacha olib chiqiladi. Reduktor ishi kuchi ostida va salt yurishda eshitiladi. Keyin reduktorni teskari tomonga aylantirib, o‘sha ko‘rsatkichlar tekshiriladi. Ikkala yo‘nalishdagi tishlarning tutash yuzasi tekshiriladi.
Yig‘ish, sinash va nazorat amallarining hammasi bajarib bo‘lingach, reduktorlar konveyr bilan orqa ko‘prik yig‘iladigan uchastkaga yuboriladi.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling