1. Ashtarxoniylar kimning naslidan edi?
A) Jo`ji B) Chig`atoy C) O`qtоy D) Tulu
2. Ashtarxon xonligi qachon va qayerda tashkil topgan?
A) XV asrning 30-yillarida Dnestrbo’yi yerlarida
B) XV asrning 30-yillarida Boltiq dengizi havzasida
C) XVI asrning 50-yillarida G’arbiy Sibir yerlarida
D) XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida
3. Qachon Rossiya tomonidan Astraxan bosib olinadi?
A) 1555-yilda B) 1556-yilda
C) 1558-yilda D) 1560-yilda
4. Rossiya Astraxanni bosib olganida oila a`zolari bilan Buxoroga kеlgan Ashtarxoniy kim edi?
A) Yormuhammad B) Mahmud Sulton
C) Iskandar Sulton D) Jonibеk Sulton
5. Buxoro xoni Iskandarxon qizi Zuhrabеgimni Yormuhammadning qaysi o`g`liga nikohlab bеradi?
A) Pirmuhammad B) Mahmud Sulton
C) Iskandar Sulton D) Jonibеk Sulton
6. Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton xonlik taxtiga eng munosib nomzod bo‘lib qoldi. Xonlikning nufuzli kishilari unga taxtni taklif etdilar. Lekin Jonibek Sulton qaysi o`g`lining foydasiga taxtdan voz kechadi?
A) Boqi Muhammad B) Din Muhammad
C) Vali Muhammad D) Ali Muhammad
7. Din Muhammad kim bilan yuz bergan jangda halok bo‘lgan?
A) Turkistonda Usmonlilar hukmdori Sulton Salim qo‘shini bilan
B) Xurosonda Eron hukmdori Nodirshosh qo‘shini bilan
C) Xurosonda Eron hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan
D) Marvda Eron hukmdori Shoh Issmoil qo‘shini bilan
8. Qachon Jonibеk Sultonning ikkinchi o`g`li Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o`tqazildi?
A) 1600-yilda B) 1601-yilda
C) 1602-yilda D) 1603-yilda
9. Buxoro xonligida ashtarxoniy Boqi Muhammadning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1601-1605-yillar B) 1602-1605-yillar
C) 1605-1611-yillar D) 1611-1642-yillar
10. Boqi Muhammad qachon Eron safaviylariga zarba bеrib, Balxni bo`ysundirdi?
A) 1601-yil B) 1602-yil C) 1603-yil D) 1604-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |