L eyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganish
Download 83.95 Kb.
|
L.EYLER, J.VENN, R.DEKART
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qilichbozlik haqidagi risola
Qilichbozlik haqidagi risola"ni misol qilib keltirish mumkin. 1613 yilda u o‘z omadini izlab, Parijga yo‘l oladi. Yosh zodagon yigitchaga Parijda omadli ish yuritib va yashab ketish uchun obro‘-e'tiborli tanish-bilishlar orttirish va aloqalar o‘rnatish kerak edi. U poytaxtda fransiskan monaxi Maren Mersenn va matematik Midorj bilan yaqindan tanishadi. Biroq Parij hayotining dastlabki yillarini Dekart butunlay bemaqsad, tarqoq hayot tarzi bilan o‘tkazdi. U o‘zi tengqur yoshlarning qarta o‘yinlariga mukkasidan ketgan va qimorga berilgan guruhiga aralashib qoldi. Lekin, aksariyat tengdoshlaridan farqli ravishda Rene Dekart tez orada o‘zini qo‘lga olib, ahmoqona kun tartibi va jarlikka qulatuvchi ijtimoiy illatlar oldida xarakter namoyish etadi. U vaqtida o‘zini tiya bildi. Uni yana qimor o‘yinlari va ko‘cha hayotiga chorlovchi o‘rtoqlari bilmaydigan va topolmaydigan joy - Parij yaqinidagi Sen-Jermen mavzesida kichikkina uycha topib, o‘sha yerga ko‘chib o‘tadi va qaytadan ilmiy izlanishlarni boshlab yuboradi. Dekart matematika, asosan geometriya va algebra sohalarini chuqur o‘rganishga sho‘ng‘iydi. Shu tarzda u ikki yil o‘zini-o‘zi tarbiyalash bilan shug‘ullandi. 21 yoshga to‘lganida esa, u Fransiyani tark etib, olam kezishga qaror qiladi. Dekartga, o‘zining ta'biri bilan aytganda "olamning buyuk kitobini mutolaa qilish, harbiy qo‘shinlar va saroylarni ko‘rish, har xil fe'l atvor va xarakterli insonlar bilan muloqotda bo‘lish, tajribalar to‘plash, taqdir qanday uchrashuvlarga duch qilsa, ularda, o‘shandayligicha o‘zini sinab ko‘rish, va har yerda uchragan buyum va hodisalar borasida tafakkur qilish" maqsadida yo‘lga chiqadi. Darbadarlik yillari boshlanadi...
Download 83.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling