L-Mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. Reja


Texnologiya malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish


Download 255.54 Kb.
bet4/8
Sana06.04.2023
Hajmi255.54 Kb.
#1335144
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza Texnologiya ta\'limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari

Texnologiya malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. Texnologiyaga amaliy tayyorlash texnologiya ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi.
Texnologiyaga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya ta’limining mazmuniga muvofiq o’quvchilarda mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish opreatsiyalarining tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materiallarni o’lchab olish va belgilash, ularni qirqib ishlov berish, qismlarni elimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig’ish va buyumni mantaj qilishdir. Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir.
O’quvchilardagi texnologiyaga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga texnologiya malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o’quvchilarni e’tiboriga eng oddiy buyum o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda texnologiyaga qiziqishni uyg’otish, texnologiya darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Download 255.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling