Glossariy
Texnologiyaga axloqiy tayyorlash – Ukuvlarga jamoada ishlashni, o’zaro do’stona yordamni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, texnologiya kishilari va texnologiya natijalarini xurmat kilishga o’rgatishdan iboratdir.
Texnologiyaga ruhiy tayyorlash. Texnologiyaga ruhiy tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada texnologiyaga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Texnologiyaga ruhiy tayyorlash – o’quvchilarni texnologiyaga ruhiy tayyorlash va unda texnologiyaga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir.
Texnologiyaga amaliy tayyorlash - texnologiya ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi.
Psixologik komponentlar. Texnologiya ruhiy tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib-anglash, psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, taffakkur texnologiyaning psixologik komponentlaridir.
Sinov savollar
Texnologiyaga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushinasiz?
O’quvchilarni ish unumi qanday oshiriladi?
O’quvchilarda texnologiya ko’nikmasi qanday hosil qilinadi?
O’quvchilarni aqliy o’sishida texnologiyaning ahamiyati?
Mustaqil topshiriqlar.
Texnologiya ta’limi to’g’risidagi tushunchalarini tahlil qiling.
Texnologiya tarbiyasi to’g’risidagi tushunchalarini tahlil qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.
2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU. 2007-yil.
3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar. O‘quv-metodik qo’llanma. T.: Navro‘z. 2013-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |