L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Oltinchi gurux uchun tarqatma material


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
Bog'liq
44679-1

Oltinchi gurux uchun tarqatma material. Monetarizmning asosiy qoidalari: 

Birinchi qoida – bozor xo‘jaligining barqarorligini tan olish. Bozor iqtisodiyoti 
o‘zining ichki xususiyatiga ko‘ra barqarorlikka, o‘zini o‘zi tartiblashga intiladi. 
Nomutanosibliklarning vujudga kelishiga asosiy sabab, bu tashqaridan 


 
129 
bo‘ladigan aralashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi 
(J.M.Keyns tasdig‘iga qarshi); 

Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. M.Fridman fikriga ko‘ra pul-kredit 
siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi, chunki pul – bu maxsus tovar, 
uni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. 
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pul iqtisodiyotni tartiblash va 
barqarorlashtirish rolini bajarishga qodir; 

Uchinchi qoida – pul siyosati uzoq muddatli harakterga ega, pul massasidagi 
o‘zgarishlar YAIMga birdan emas, balki bir oz vaqtdan keyin ta’sir ko‘rsatadi. 
Pul massasi bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi zarur. Real 
YAIMning o‘sishi bir yilda 3%ni tashkil etganda (AQSH uchun), pul 
massasining o‘rtacha o‘sish sur’ati 4-5% miqdorida belgilanishi lozim.
Agar pul massasining o‘sish sur’ati YAIMning o‘sish sur’atidan past bo‘lsa, unda 
qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish pasayadi, lekin uzoq vaqt o‘tishi bilan 
iqtisodiy o‘sish o‘zining «tabiiy» holatiga keladi. Pul massasining yetishmasligi esa 
talabga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, real ishlab chiqarish xajmi esa pasayib boradi. 
Ayirboshlash tenglamasi 
M.Fridman 
konsepsiyasi 
pulning 
miqdoriy 
nazariyasiga 
asoslanadi.
Muomalada pul massasi ko‘paysa baholar o‘sadi, pulning harid quvvati esa baho 
darajasiga bog‘liq. Bir qancha o‘rtacha hisob-kitoblarga muvofiq, tovar aylanishini 
ta’minlovchi naqd pul M.Fridman tahmin qilishicha, bir yillik daromadning (MD) 
1/10 qismini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, pul yiliga o‘n marta aylanishi lozim.
Monetarizmning asosiy tenglamasi qo‘yidagi tenglama hisoblanadi (I.Fisher 
tenglamasi): 
M x V = P x Q, 
Bu yerda M – pul miqdori, V - muomaladagi pulning aylanish tezligi, P – 
baholar darajasi, Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori. 
Pul miqdorining o‘sishi, o‘z navbatida baholar yoki ishlab chiqarish 
miqdorining o‘zgarishi to‘g‘risida dalolat beradi.
(Pul taklifi o‘sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi). 
Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiyaga talab kengayadi. Kapital 
qo‘yilmasining ortishi bilan YAIM ko‘payib boradi, ish bilan bandlik ham oshadi). 
Dars yakunida o‘qituvchi talbalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari
tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tingash olishlari 
hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling