L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni.
- Birinchi gurux uchun tarqatma material. Istitutsionalizm iqtisodiy yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanishi.
O‘qituvchi:
Belgilangan vaqtda interaktiv usulni qo‘llab mashg‘ulotni qiziqarli va mazmunli o‘tishiga erishadi Talaba: Mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga, fanning predmetini, maqsadini va o‘rganish usllarini to‘liq o‘rganishga, bir-birini fikrini xurmat qilishga va mustaqil fikrlashga o‘rgandi Kelgusi rejalar Interaktiv usulda mashg‘ulotlarni o‘tishga ko‘nikma hosil qilib boradi Gurux bo‘lib ishlashga , ko‘proq bilim olish kunikmasiga ega bo‘lib boradi Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni. Ushbu mashg‘ulotni o‘tkazishda «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasidan foydalaniladi. Kichik guruxlarda ishlash uchun gurux teng sonli talabalardan iborat kichik guruxlarga bo‘linadi. va ularga savol yuzasidan tarqatma materiallar beriladi. Tarqatma materiallar bilan tanishib chiqqan kichik gurux a’zolari fikrlashadilar va guruxning lideri chiqib muaamoni yoritib beradi. Boshqa gurux a’olari javob bergan guruxning fikrini to‘ldirishlari va qo‘shimcha savollar berishlari mumkin. Birinchi gurux uchun tarqatma material. Istitutsionalizm iqtisodiy yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanishi. 126 Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQShda keng tarqalgan. Yo‘nalishning nomi lotincha «institut» – urf-odat, muassasa, ko‘rsatma so‘zidan olingan. Yo‘nalish vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi. Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar. Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi. 1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - antropologiya va matematika hisob- kitoblarini ustun qo‘yadi. 2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan. 3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling