L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- (barcha yo’nalishdagi bakalavrlar uchun)
L.N.Xalikova, U.R.Mavlonova IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI O‘quv-uslubiy qo‘llanma (barcha yo’nalishdagi bakalavrlar uchun) Samarqand 2009 2 Tuzuvchilar: Xalikova L.N., Mavlonova U.R. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» uslubiy qo‘llanma SamISI Taqrizchilar: i.f.n. dots. J.O.Oripov SamISI «Kasb-xunar ta’lim» kafedrasi i.f.n. dots. M.B.Shodiyev. SamDU «Iitisodiyot nazariyasi» kafedrasi 3 KIRISH Ushbu uslubiy qo‘llanma bakalavriat ta’lim standartlariga kiritilgan «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanidan barcha bakalavriat yo‘nalishdagi talabalarga mo‘ljallangan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ITT) iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U iqtisodiy nazariyani to‘ldiradi va mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa, hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga intilmoqdalar. Shu maqsadda respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham «Iqtisodiyot asoslari» fani o‘tilmoqda Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan jarayonlarni passiv aks ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy rivojlanishning tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar, olim yoki hokimlar tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida esa tushkunlikka uchragan. Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi. Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar A.Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan.Uzoq o‘tmishdagi ko‘pgina o‘gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g‘oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o‘rganish va eng muhimi hayotga tatbiq etish zarur.Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolni ko‘zlash haqida gap boradi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr- mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va Yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Aniqrog‘i, oldin yaratgan mashinani qayta kashf qilishga hojat qolmaydi. Zero tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Ushbu uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda 27.07.06 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanidan Namunvaiy Dasturga asoslanildi.Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda A.Islomov, E.Egamovning «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan, Razzoqov A. va boshq. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» darslikligidan, Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar tahriridagi «Amaliy iqtisodiyot» o‘quv qo‘llanmasidan hamda R.Qarshiyev, A.To‘xtamishev. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan foydalanildi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling