L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
44679-1

«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar. 
«Avesto», ya’ni «hayot yo‘riqnomasi» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi 
sanaladi. Kitobning muallifi Zardusht (m.o. 589-512y.) hisoblanadi. U Markaziy 
Osiyoda faoliyat ko‘rsatgan ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo‘lgan. 
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun 
kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar ularning 
ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va 
tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Jumladan, sun’iy sug‘orish asosida 
3
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. -7b. 


 
10 
dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, noo‘rin so‘ymaslik, 
tuproq sharoitini yaxshilash masalalair yoritilgan. 
«Avesto»da …erga yaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob ish yo‘q…» 
deb, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib 
beriladi. Jumladan, kitobda yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh 
hisoblanadi. 
4
Shu bilan birga asarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan. Masalan, 
«yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom, baquvvat 
bolalarga ega bo‘ladi», deb o‘qtiriladi. Shu Bilan birga «yomon ovqatlanishdan odob-
axloq ham aynib ketadi».
Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib 
olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo 
bo‘lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak 
ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Aholi ko‘proq yarim 
ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan. ekstensiv chorvachilik yetakchi edi.
«Avesto»ning to‘liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan
hozirgi davrda rus va o‘zbek tillariga tarjima etilgan. 
«Avesto» miloddan avvalgi 9-7 asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, 
ma’naviy hayoti haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, 
xalqimizning merosiy boyligidir. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling