L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
5
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003 14-15b 13 Platon birinchilardan bo‘lib, bahoning asosi va darajasi muammosini tahlil etdi. Uningcha baho davlat tomonidan tartibga solinib turishi kerak. Asos qilib shunday baho olinishi kerakki, bu baho o‘rtacha foyda olishni ta’minlasin. Antik dunyodagi iqtisodiy qarashlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (Arastu) (m.o. 384-322y.) hisoblanadi. Bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Uning asosiy asarlari «Nikomaxov etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xudi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo‘linishi – bu tabiiy va qonuniy hol bo‘lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. Uning g‘oyalarining o‘ziga xosligi shundaki, erkin fuqarolar, boshqaruvdagilar, yer egalari, chorvador, xunarmand va savdogarlar ham yashash vositalaridan foydalanish va boylik topish huquqiga ega. Shu Bilan birga Aristotel o‘z asarlarida iqtisodiyot (ekonomika) va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi. Ekonomika, Aristotel tushunchasi bo‘yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo Bilan band bo‘lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi va shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Xrematistika esa – bu yirik savdo yo‘li Bilan boylik orttirish mahoratidir. Boshqacha aytganda, xrematistika – bu kapital qo‘yish, sudxo‘rlik va jamg‘arish «san’ati»dir. Aristotelning aytishicha, «ekonomika maqtovga sazovor», xrematistika esa «tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirining ekonomika va xrematistikaga bo‘lgan bunday munosabati uning natural-xo‘jalik tarafdori bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Aristotel savdoning rivojlanish bosqichlarini va pul muomilasini tahlil qilib, yirik savdo va ssuda operatsiyalariga salbiy munosabatda ekanligini bayon etdi. U pulning qiymat ulchovi va muomila vositasi funksiyalarini ekonomikaga, boylikni ko‘paytirish funksiyasini xrematistikaga kiritdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling