L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
44679-1

Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar. 
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Mark Katon (m.o. 234-149y.) 
o‘zining «Dehqonchilik to‘g‘risida» asarida qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligidagi 
asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil etishning eng qulay 
usulini qo‘llashga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil etishga katta 
e’tibor berdi. Katonning qishloq xo‘jaligi sohasida bo‘lgan asosiy e’tibori shundan 
kelib chiqadiki, agar Gresiyada qullar ko‘proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan 
bo‘lsa, Rimda ular ko‘proq asosan qishloq xo‘jaligida ekspluatatsiya qilingan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan. Tovar qiymatini unga 
sarflangan harajatlar deb tushungan. U savdogarlar va sudxurlarga salbiy 
munosabatda bo‘lgan. 
Bu davrda Rimda natural xo‘jalik Bilan birga bozor munosabatlari ham 
rivojlanayotgan edi. Bozorni qo‘llagan Katon shu Bilan birga yollanma mehnatga 
dushman bo‘lgan. U qul mehnatini to‘g‘ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi. 
Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda qullar ishlashga majbur etilgan. 
Kasallangan ho‘kiz davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida sotib yuborish tavsiya 
etilgan. Katon savdogarlar va sudxo‘rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan. 


 
14 
Miloddan avvalgi 2 asrda Rimda dehqonlar qo‘lidagi yerlar tortib olinib, yirik 
latifundiyalar vujudga kela boshladi, Erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya 
soldatlari yersizlandi. Bu holat yirik yer egalari – patritsiylar va dehqon – plebeylar 
o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, ohir-oqibatda aka-uka Tiberiy (m.o. 163-
132y.) va Gay (m.o. 153-121y.) Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular 
yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya 
qildilar.
Agrar masalalarini yechish maqsadida Tiberiy Grakx (m.o. 133y.) qonun qabul 
qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq italiyalik fuqarolarga davlatning 
haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. 
Bundan tashqari, 1 oila 1000 yugerdan oshiq yerga egalik qilishi man etilgan.
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o‘n 
minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‘ldilar. Qonun qabul qilingandan so‘ng 
unga yirik yer egalari va senat qarshilik ko‘rsatib, Tiberiy Grakxni ataylab o‘ldiriladi. 
Shundan keyin uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettiradi va bir qancha 
demokratik o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Dehqonlarga yer berish qaytadan 
boshlanadi hamda shaharlik kambag‘allarga davlat xazinasidan past bahoda don 
sotish to‘g‘risida qonun qabul qilinadi.
Shunday qilib, Grakxlarning islohoti mayda dehqon yer egaligi mavqeini 
kuchaytirish va aholi kambag‘allashuvining oldini olishga qaratilgan edi.
Bir davrning o‘zida Rimda bir qancha taniqli olimlar va yozuvchilar o‘z 
faoliyatlarini namoyon qilingan bo‘lib, ular qatorida atoqli Rim adibi va olim Mark 
Varron (m.o. 116-27y.) va Rim yozuvchisi Yuniy Kolumella (m. 1asr) xalq 
xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladilar. Mark Varron 
«Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon 
etdiUchorvachilikni bozor sharoitida eng foydali tarmoq deb hisoblagan. Bunga 
sabab o‘sha davrda Italiyada don ancha arzon bo‘lib, chorvachilik ancha daromadli 
soha hisoblangan. U qishloq xo‘jaligining itqtisodiyotdagi o‘rnini yaxshi 
tushunmagan. 
Jumladan, Yuniy Kolumella «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida qullar 
yerni yaxshi ishlatmaganligi sababli, yerdan yuqori hosil olish qiyinlashmoqda degan 
fikrga keladi. Shuning uchun u qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab 
chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab beradi. Hosildorligi past bo‘lgan 
yerlarni u erkin kolonlarga bo‘lib berishni, mayda tovar ishlab chiqarishga o‘tish 
zarurligini tavsiya etadi.
Mark Sitseron (m.o. 106-43y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U 
yuqorida aytilgan olimlardan farqli ravishda yirik savdoni qo‘llab-quvvatlaydi, 
mayda savdoni esa mensimadi. Sitseronning sudxo‘rlikka bo‘lgan munosabati 
ziddiyatli bo‘lgan. Bir asarida sudxo‘rlikni ma’qullasa, ikkinchi bir asarida uni 
qoralaydi. Shu Bilan birga u xususiy mulkchilikni, ekspluatatsiyani kuchaytirishni 
tarafdori bo‘lgan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda dehqonchilikning ahamiyati 
katta deb tushungan.
Shunday qilib, Rim (hozirgi Italiya)da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin 
tanazzulga ham uchray boshladi.Osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin 
sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo 


 
15 
sudxo‘rlik jamiyati qo‘llangan (sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, 
islohotlar (Grakxlar) yo‘li boshlandi. 
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda 
qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy g‘oyalari 
Varron, Kolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham ko‘rsatilgan. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling