L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133
Bog'liq
44679-1

To‘rtinchi gurux uchun tarqatma materialMultiplikator 
J.M.Keyns investitsiyalarning ko‘payishi bilan milliy daromadning ko‘payishi 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning 
o‘sishiga olib keladi va u qo‘yidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi: 
D. Y = D. I 


 
133 
Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining 
ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‘riladi. 
Iqtisodiy samara multiplikator deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti 
bo‘lib, daromad o‘sishi bilan ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‘simi 
o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi.
Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, kishilarning jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi 
qancha ko‘p bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. To‘la ish bilan 
bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo‘sh turgan resurslarning 
bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi.
Multiplikator formulasi qo‘yidagicha 
K=dY
w
/dJ
w
 
Bu yerda K- multiplikator, dY
w- 
daromad o‘sishi, dJ
w
- investitsiya o‘sishi 
Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini 
aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o‘sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 
marta ortiq degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi (ish bilan 
bandlikni o‘stirish – asosiy maqsad). 
Beshinchi gurux uchun tarqatma material. 
Keyns g‘oyalarining hozirgi davrda rivojlantirilishi yangicha keynschilik deb 
ataladi. Yangi keynschilik ikki oqimga bo‘linadi: 
1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Harris); 
2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). 
Birinchi oqim tarafdorlari ortodaksol keynschilik deb ham ataladi. Keyns 
qoidalari to‘laligicha qabul qilinib, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan 
to‘ldirildi. 
Xansen kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, 
balki "tashqi impuls"larning susayganligidan deb biladi. Davlat harajatlarini o‘stirish 
va qondirish uchun ish haqidan olinadigan soliqlarni 25-30% emas balki 60% gacha 
oshirish taklif etiladi. Ular multiplikator prinsipini akseleratsiya prinsipi bilan 
to‘ldirdilar. Akselator investitsiya o‘sishining daromad o‘sishiga, ya’ni 
investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan 
aniqlanadi. Multiplikator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning 
uzluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapitali qo‘yilmalari 
yotadi. Iqtisodiyot o‘sishi davrida davlat harajatlarini cheklash(kamaytirish), 
inqrozlar davrida esa uni oshirish va shu yo‘l bilan xususiy harajatlarni 
kompensatsiyalash taklif etiladi.
Yevropacha oqim Fransiyada shuhrat qozondi. Keyns g‘oyalarini G.Ardon, P. 
Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga solishni 
samarasiz deb hisobladi. 
Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ 
(direktiv harakterda Sobiq SSSRdagi kabi) va indikativ(hozir ko‘p davlatlar 
qo‘llaydigan) rejalashtirish ajratiladi. Keyns uslubi iqtisodiy inqrozlarning (1948-49, 
1953-54, 1960-61, 1967-68, 1969-71,1974-75, 1981-82) oldini ola bilmadi. 
Yangi keynschilik o‘rniga postkeynschilik keldi, bular: ingliz iqtisodchilari J. 
Robinson, N.Koldor, P. Sraffa, amerikalik olimlar A.Eyxner, S. Vayntraub. Ular 
kapitalistik tizimning ichki turg‘unlik konsepsiyasini taklif qildilar.


 
134 
Ular Keyns ta’limotini dinamik, harakatchan nazariya deb qaraydilar. "Yuqori 
naf", ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi nazariyalarini tanqid qilish 
harakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli ham kiritilgan. Bu ta’limda o‘sish va taqsimot 
muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va o‘sish sur’atlari milliy 
daromadning taqsimotiga bog‘liq, daromad va uning o‘sishi esa, jamg‘arma, umumiy 
jamg‘arma esa, ish haqi va foydadan jamg‘arilgan jami summaga teng bo‘ladi. 
Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada 
takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar. 
Rejadagi savollar «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasi yordamida 
o‘rganilib bo‘lingach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha testlar savollari o‘tkaziladi. Buning 
uchun kichik guruxlardagi talablar joylariga qaytadilar yoki o‘tirgan joyida test 
yechadilar. Buning uchun har bir talabaga alohida test tarqatiladi. Talabalar 
individual holda test savollariga javoblar belgilaydilar. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling