L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


«Ko‘rinmas qo‘l» nazariyasi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Bog'liq
44679-1

«Ko‘rinmas qo‘l» nazariyasi 
A.Smit iqtisodiyot davlat boshqaruvidan xalos bo‘lsa, butun jamiyat 
rivojlanishining sabablarini tushuntirish uchun «ko‘rinmas qo‘l» nazariyasini 
foydalanadi. «Ko‘rinmas qo‘l» deb u bozor mexanizmiga ta’rif beradi: 
«Har bir alohida odam o‘z kapitalini uning mahsuloti eng ko‘p qiymatga ega 
bo‘ladigan tarzda ishlatishga intiladi. Odatda u jamiyat foydasiga yordam berishni 
ko‘zda tutmaydi, balki faqat o‘z manfaatini ko‘zlaydi… U o‘z manfaaatlarini 
ko‘zlagan holda jamiyat manfaatlariga ko‘proq xizmat qiladi».
7
Bozor mexanizmi 
asosida talab, taklif, mahsulotlar narxi va raqobat turishini isbotlab beradi. Bunda 
raqobat asosiy rol o‘ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni resurslardan samarali 
foydalanishga va haridorlar ehtiyojini hisoblashga majbur etadi.
Bozor iqtisodiyoti normal ishlab turgan sharoitda Smit nazariyasiga ko‘ra foyda 
ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi. 
A.Smit merkantilistlarning proteksionizm siyosatini tanqid qiladi. Uningcha, 
chetdan ancha arzon bahoga olib kelish mumkin bo‘lgan tovarni o‘zida ishlab 
chiqarish bema’ni narsadir.
7
 Amaliy iqtisodiyot: / O‘quv qo‘llanma/ Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar. «Sharq» 1996 -20 b


 
31 
Uning nazariyasida qo‘yidagilar taklif etiladi: 
1. 
Ishchi kuchining erkin harakati; 
2. 
Ichki va tashqi savdo va sanoatda to‘la erkinlik (proteksionizmga 
qarshi) siyosati; 
3. 
Erkin yer savdosi, davlat ixtiyorida qolgan yerlarni xususiy shaxslar 
o‘rtasida taqsimlash; 
4. Mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish. 
A.Smitni iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi va undagi nazariy qarashlardan turli 
davlatlar, eng avvalo, Angliya hukumati, keyinchalik esa ko‘pchilik Yevropa 
mamlakatlari o‘zlarining iqtisodiy siyosatida foydalandilar.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling