L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Boylikni ko‘paytirishga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133
Bog'liq
44679-1

Boylikni ko‘paytirishga ta’sir etuvchi omillar. 
 
A.Smit bo‘yicha boylikni ko‘paytirish omillari qo‘yidagilardan iborat: 


 
33 
David Rikadoning iqtisodiy ta’limoti 
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-
1823) Peti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. U matematika
fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o‘rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, 
keyinroq matematika o‘qituvchisi bo‘ldi, 2 marta sherif (politsiya boshlig‘i) etib 
saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a’zosi bo‘ldi. Parlament 
minbaridan o‘zining ilg‘or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin 
savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini 
tanqid qildi. 
D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning «Xalqlar boyligi…» asarini ko‘rib 
qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo‘ladi. U jamiyat moddiy boyligini o‘sishi 
uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va 
optimal degan masalaga to‘xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida 
pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro 
mehnat taqsimoti to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi.
Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to‘g‘risida uch xat» (1809y.) hamda boshqa 
asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag‘ishlandi.
U Smitning g‘oyalarini qo‘llash bilan birga uni to‘ldirdi va qarshi fikrlarni ham 
ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi 
ekanligini ochib berdi (Smitda bu manfaatlar bir edi).
18 asr oxiri va 19 asrning boshlarida Angliyada sanoat to‘ntarilishi ro‘y berdi. 
Oqibatda sanoat tez o‘sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko‘paydi, lekin 
mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, 
ya’ni differensiatsiya yuz berdi. Ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa 
yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo‘shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi 
kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga 
o‘t qo‘yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga 
aylanmagan edi. Rikardo sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi sifatida maydonga 
chiqdi vash ular tufayli iqtisodiy ta’limotni yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi (A.Smit esa 
manufaktura davrining iqtisodchisi edi).

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling