L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
8 Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. -106b. 40 Iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy masalalar Iqtisodiy taraqqiyot, J.S.Mill ta’limotiga ko‘ra, Fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va jamg‘arish ko‘payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko‘pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat qiymatidan tashqari). Millning ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o‘z ichiga oladi: Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘li bilan yollanma mehnatni tugatish. Yollanish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‘rniga kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning o‘zida mulk egasi ham hisoblanadi. Yer rentasini yer solig‘i yordamida umumlashtirish. Renta iqtisodiy erkinlik prinsiplariga zid. Renta yer egasiga emas, balki jamoaga yoki barcha jamiyatga tegishli bo‘lishi kerak. J.S.Mill mayda yer egalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Merosxo‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash. Mayda ishlab chiqarish nazariyalarining vujudga kelishining ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlari. XU111 asr oxiri va X1X asr boshlaridagi sanoat to‘ntarishi katta iqtisodiy- ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keldi. Proletariat bilan burjuaziya jamiyatning asosiy sinflari bo‘lib, qaror topdi. Mashina ishlab chiqarishi vujudga keldi Ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Mehnatning kapitalga rasman bo‘ysunishi haqiqatga aylandi. Proletariatning qashshoqlashuvi, ishsizlik, ijtimoiy ishlab chiqarishning tartibsizligi,ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. Kapitalistik takror ishlab chiqarish asta- sekin mayda ishlab chiqarishning ijtimoiy negizlarini qo‘pora boshladi. Mashina industriyasi iqtisodiyotning umuman o‘sishiga, ammo aholi katta qismining qashshoqlashuviga olib keldi, byudjet holatni tushuntirib berish talab etildi va yangi iqtisodiy qarashlar paydo bo‘ldi. Kapitilistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo‘lgan sharoitda sanoat to‘ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu jarayonlar, ayniqsa, o‘tkir tus oldi. Bunday mamlakatlarda go‘yoki proletariat manfaatlarini himoya qilib kapitalizmni tanqid qiluvchi qarashlar paydo bo‘lishi tabiiy bir xol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyasini yaratgan olimlar sotsialistlarga ham shuningdek, klassik iqtisodiy maktabga ham bab-baravar qarshi turuvchi ta’limotni ilgari surishga intildilar. Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari kapitalistik jamiyatda yirik sanoat mayda tovar ishlab chiqarishni siqib chiqarishini, yollanma qullikni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina belgilarni tanqid qildilar, biroq xususiy mulkchilikni, sohibkorlikning erkinligini va shu kabilarni tanqiddan tashqari qoldirdilar (ya’ni bozor munosabatlari qo‘llab-quvvatlangan). Mayda burjuaziya ijtimoiy-iqtisodiy mavqei mayda ishlab chiqarish,, siyosiy iqtisodning ziddiyatligi va noizchilligini oldindan belgilab qo‘ygan edi, uning rivoji bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Avvali insonparvarlik, so‘ngra esa xayr-ehson maktabi shakllandi. Agar birinchi maktab hali kapitalizmdan voz kechishni orzu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling