L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


N.V.Senior, Bastia, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta’limotlari


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133
Bog'liq
44679-1

N.V.Senior, Bastia, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta’limotlari 
Klassik maktab g‘oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiyada F.Bastia, 
AQShda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namoyandalari katta hissa qo‘shdilar. 
Bular ichida N.Senior alohida o‘rin egallaydi. 
Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining 
siyosiy iqgisod kafedrasi profes-sori, «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalarining 
muallifi sifatida mashhur bo‘ldi. 
Asosiy goyalari «Siyosny nqtisod fani ocherklari» (1836) va «Fabrnka 
qonunchiligi to‘g‘risidagi xatlar»da bayon etilgan. 
Qiymat nazariyasi 
U o‘zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb hisoblaydi va 
qiymat talab bilan taklifga bog‘liq, deydi. U mehnat (ishchilarning «qurboni») bilan 
bir qatorda kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbai deb e’lon qiladi. 
«Tiyilish» nazariyasi. N.Senior kapitalni kapitalistning berayetgan «qurboni» deb 
hisobladi. Uning ta’kidlashicha, kapitapist o‘z kapitalini ishlab chikarish sohasiga 
qo‘yib (investitsiya), o‘zining shaxsiy iste’molidan go‘yo ma’lum davr «tiyilib» 
turadi, mehnat esa o‘z navbatida ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan 
«qurboni» ta’kidlaydi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va ishchi bergan 
tegishli «qurbonlar» uchun bab-baravar mukofot emish. N.Seniorning fikricha foyda 
kapitalistning «mehnati»dan, foiz esa uning sabr-qanoatidan hosil bo‘lishini kashf 
qildi. 
So‘nggi soat nazariyasi. Sanoatning tez su’ratlarda rivojlanishiga qaramasdan
ishchilarning ish soatlari nihoyatda yuqori bo‘lib, shu sababli XIX asrning 30-
yillarida Angliyada 10 soatlik ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa 
o‘sha davrda mavjud bo‘lgan 11,5 soatlik ish kunini qisqartirishning «ilojsizligini», 
ish kunining 10,5 soatida sarflangan kapitalning qiymati yangidan vujudga keladi, 
faqat oxirgi bir soatidagina foyda yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 
soatgacha qisqartirish foydaning kamayishiga, bu esa ishlab chiqarishga qiziqishning 
yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb targ‘ibot qiladi. Bu g‘oyalari bilan u 
kapitaliyatlarni ochiqdan-ochiq himoya qiladi. 
XIX asrning 40-50-yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida 
F.Bastianing (1801-1850) iqgisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz 
ishbilarmoni oilasida tug‘ildi. Bastia erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor 
etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik 
g‘oyalarga qarshi bo‘lgan qarashlarni faol targ‘ib etdi. F.Bastianing eng asosiy 
g‘oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, 
o‘sha davrdagi jamiyat dunyodagi «eng go‘zal, mukammal, mustahkam butunjahon 
assotsiatsiyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uyg‘unlashgandir».

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling