L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Simond de Sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Simond de Sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi.
Simond de Sismondi (1773-1842) shvesariyalik iqtisodchi, fransuz klassik iqtisodiy maktabini nihoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy maktabi asoschilaridan biridir. Siyosat bilan unchalik ko‘p vaqt shug‘ullanmadi, Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi. S. Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy adabiy meros qoldirdi. «Toskani qishloq xo‘jaligining ko‘rinishi»(1801), «Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularni savdo qonunchiligida qo‘llanish to‘g‘risida»(1803), «Italiya respublikalarining tarixi» (1807), 1818 yilda esa Edinburg ensiklopediyasi uchun «siyosiy iqtisod» maqolasini 44 tayyorladi. Lekin «Siyosiy iqtisod yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga munosabatlari to‘g‘risida» (1819) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini keskin oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etyudlar» (1837 ) va fundamental tarixiy asarlar «Fransuzlar tarixi» (31 tom), «Rim imperiyasi qulashining tarixi» va boshqa asarlari nashr qilindi. S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi sanoat to‘ntarilishi davri bilan bog‘liq bo‘lib, u mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib kapitalizmni tanqid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu qildi. Olim klassik maktab g‘oyalarini qo‘llaydi, kapitalni, inqirozlarni, mahsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi. U birinchilardan bo‘lib zarur ish vaqti tushunchasini joriy etdi. Sismondi pul-ichki qiymatga ega bo‘lgan mehnat mahsuloti va shu sababli u qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo‘ladi, degan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishi xaddan ortib ketishining natijasideb hisoblaydi. Ammo u pulning vujudga kelish jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. Sismondi iste’mol qiymati bilan qiymat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmadi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb hisoblaydi. S.Sismondi ta’biricha, ijtimoy fan ikki qismdan: 1.Oliy siyosat 2.Siyosiy iqtisoddan iborat. Agar siyosat davlat tarkibini qanday vujudga kelishini, fuqarolarni diyonat va din to‘g‘risida tarbiyalashni o‘rgatsa, siyosiy iqtisod xo‘jalikni qanday boshqarishni, ijtimoy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak. Umuman, siyosiy iqtisod-ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni his tuyg‘ulari, ehtiyojlarini va ehtiroslarini o‘rganishi kerak. S Simondining fikricha «odamlarning moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy iqtisod predmeti bo‘lishi kerak, «odamlarning moddiy farovonligi esa» davlatga bog‘liq, S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan aini bir narsa deb biladi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. U ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o‘ringa qo‘ydi. S.Sismondi iqtisodiy qonunlarning sub’ektiv harakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyot notekis rivojlanishini xaqli ravishda ko‘rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa iqtisodiy qonunlar amal qilinishining o‘ziga xos tarzida namoyon bo‘lishi ekanini ko‘ra bilmadi. S.Sismondi klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq, mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘layotganligini «ortiqcha» aholi paydo bo‘layetganini, mashinalar ishchilarni siqib chiqarayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi klassik maktabning inqirozlar bo‘lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nima ekanligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Olim o‘z g‘oyasini isbotlashda ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi tafovutni 1-o‘ringa qo‘yadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar iste’moli pasayadi, oqibatda mamlakatda inqiroz ro‘y beradi, deydi. Shuning uchun yirik ishlab chiqarishni to‘xtatish va mayda ishlab chiqarishga qaytishni taklif etadi, kapitalizmni inkor etadi. 45 S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan foyda va ishchi ish haqining yig‘indisi bo‘lgan daromad muammosiga o‘tadi. Bu milliy daromad bilan yalpi mahsulotni aynan bir narsa deb bilganligi uning asosiy nazariy xatosidir. U kapitalni doimiy va o‘zgaruvchi kapitalga ajrata bildi. Sismondi kapitalni milliy daromaddan farqini izohlay olmadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling