L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Tayanch ibora va iboralar
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muloxaza savollari
- Marjinalizm metodologiyasi.
Tayanch ibora va iboralar. Ishchi pullari, zaruriy ish vaqti, rejali iqtisodiyot, bazis, ustqurma, qo‘shimcha qiymat, absolyut qo‘shimcha qiymat, ekspulatatsiya, sotsializm, kapitalizmni isloh qilish, takror ishlab chiqarish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. Nazorat va muloxaza savollari 1.Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari nimalardan iborat? 2.Ishchilar sinfining absolyut va nisbiy qashshoqlanishi deganda nima tushuniladi? 3. Hayoliy sotsialistlar haqida tushuntirib bering. 4. K.Marks va uning asosiy ta’limotlarini tushuntiring. 5. Marksizmning tarixiy taqdirini tashantirib bering. MAVZU 8: MARJINALIZM TA’LIMOTI VA NEOKLASSIK IQTISODIY MAKTABLAR Reja: 1. Marjinalizm metodologiyasi. 2. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi. 3.Kembridj maktabi. A.Marshalli va uning narx, ish haqi va foyda haqidagi nazariyalari. 4.Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi. 5. Lozanna maktabi. Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi Marjinalizm metodologiyasi. 19 asrning 70-yillarida klassik siyosiy iqtisod maktab o‘rniga marjinalizm iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) tadqiqotining predmetini me’yorli tahlil tashkil etadi. Marjinalizm iqtisodiy yo‘nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo‘lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar yuz bergan edi. Avstriya maktabining namoyandalari, ya’ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub’ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob’ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e’tiborni iste’mol(talab)ning tutgan o‘rniga bag‘ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‘ydilar. Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarni yaxlit o‘rganib, me’yoriy iqtisodiy o‘lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq 53 etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli unumdorlik, me’yorli foydalilik, me’yorli harajatlar va b. Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarqalishi ham mana shu olimlar nomi bilan bog‘liqdir. Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda) S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari va mehnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va noyobliligi bilan bog‘lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling