L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Kapital va foyda J.S.Mill jamg‘arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital deb atagan. Kapitalning har bir ko‘payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi (investitsiya) va buning natijasida ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning vujudga kelish sababini J.S.Mill xuddi A.Smit va D.Rikardoga o‘xshab tushuntiradi: «Foyda – mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, ish haqi ko‘rinishida 20% ko‘p bo‘lsa, unda foyda 20% tashkil etadi». Pul, kredit va savdo nazariyalari J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko‘rsatadi. Pul miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, agar pul zaxirada saqlanayotgan bo‘lsa yoki uning miqdorining ko‘payishi oldi-sotdi miqdorining ko‘payishiga muvofiq kelsa, pul miqdorining ko‘payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Foiz normasi ssuda fondiga bo‘lgan talab va uning taklifi bilan aniqlanadi. Millning ko‘rsatib berishicha, mamlakatga oltinning kirib kelishi, agar u baho oshishiga olib kelsada, foiz normasini pasaytiradi. Foiz normasining pasayishi qisqa muddatli kapitallarni chet mamlakatlargaoqib o‘tishiga bu esa valyuta kursining tenglashishiga olib keladi. Markaziy bank foiz normasini oshirib, bankzaxiralarini himoya qiladi. Foiz normasining o‘sishi xorijiy kapitalllarning kirib kelishiga va valyuta kursining tenglashuviga olib keladi deb hisoblaydi. J.S.Mill shunday yozadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko‘paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishalab chiqarish faoliyatida ancha to‘liq ishlatiladi» 8 . Bunda oltinning kirib kelishi kreditningko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kredit to‘lovga qobil talabni kengaytirgach savdoda tovarlar narxining o‘sishiga va savdogarlarning foyda olish maqsadida tovarlar haridini ko‘chaytiradi, bu esa ssuda miqdorini ko‘paytiradi va baholarnini oshiradi. Bir oz vaqt o‘tgach baholarning o‘sishi to‘xxtaydi. Savdogarlar sotishga kirishadi. Narxlar pasaya boshlaydi. Savdogarlar zararni qoplash maqsadida bozorga shoshadilar, narxlar o‘sgaiga qaraganda tez pasayadi, natijada savdo inqirozi kelib chiqadi. Erkin savdo munosabatlarini qo‘llash bilan birga, ayrim sohalarda (infratuzilma, Fan, qonunlarni chiqarish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi. Mill ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar tarafdori, yomon o‘qiganlar uchun jarima taklif etiladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling