L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
Iogan Genrix fon Tyunen (1783-1850)-shimoliy Germaniyalik bo‘lib,
(pomeshchik) qishloq xo‘jaligi bilan bevosita shug‘ullangan. Kurno g‘oyalarini amaliy material bilan to‘ldirgan. Iqtisodiy model yaratgan. Modelga ko‘ra, xo‘jalik doira shaklidan iborat bo‘lgan. Markazda qishloq xo‘jalik mahsulotlari iste’molchisi- shahar, atrofda esa, bir hil tuproq unumdorligida bo‘lgan yopiq xudud tushuntiriladi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samaradorligi pasayib boruvchi konsentrik doiralarga joylashtirilgan. Belgilangan baho bilan ishlab chiqarish va taransport harajatlari orasidagi farq asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning norentabelligi hisobab chiqilgan. Tyunenning fikricha, iqtisodiy jarayon ketma-ket kichik orttirmalar yo‘li bilan rivojlanadi. Rivojlanishning ma’lum holatiga kelib keskin sifat o‘zgarishi ro‘y beradi. Bu usul ishlab chiqarish optimal tarkibining ya’ni, mehnat va kapitalining o‘zaro to‘ldirish jarayonining shakllanishiga imkon beradi. Tyunen qo‘llagan usul keyinchalik iqtisodiyotda kichik orttirmalar va cheklangan sharoitlar uslubi marjinalizmi nomini oldi. Tyunen davlatning qishloq xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotga munosabati yoritilgan yagona asar yozgan. U Smitning daromad taqsimoti g‘oyasini hamda Rikardodan bexabar holda diferensial renta g‘oyasini qiymatning mehnat nazariyasi asosida rivojlantirdi. Umuman olganda 19-asr kelib, iqtisodiyotga matematikaning targ‘ibi mustaxkam asosga ega bo‘ldi. Natijada, keyingi tadqiqotlarning ilmiy negizda bo‘lishiga katta hissa qo‘shildi. Iqtisodiy jarayonlar tahliliga sinfiy-siyosiy tus berilishidan chetlashildi. Tayanch so‘z va iboralar: nisbiy afzallik tamoyili; differensial renta; fritrederlik; Sey, «bozorlar qonuni», ishlab chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Maltus; arifmetik va geometrik progressiya; «aholi nufusi nazariyasi»; tuproq unumdorligi pasayishi qonuni; 48 inqirozlar; Senior; tiyilish; so‘nggi soat nazariyalari; Bastia, Keri; iqtisodiy uyg‘unlik, elastiklik, orttirmalar. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling