L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133
Bog'liq
44679-1

6.Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi 
XVIII asrga kelib, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishda o‘zaro bog‘liqlikda qonuniyatlar asosida 
ro‘y berishi to‘liq va aniq ayon bo‘ldi. 
Bu qonuniyatlarni matematik izohlashdagi dastlabki mukammal tadqiqotlar 
fransiyalik olim Antuan Ogyusten Kurno (1801-1877) ning “Boylik naxzariyasi 
matematik prinsiplarining tadqiqoti” (1838) asarida bayon etildi. Kurno bozordagi 
haridor va sotuvchining turlicha imkoniyatlari asosida tovar bahosining iste’molchi-
haridor talabiga bog‘liqlik masalasini taxlil etdi. 
Ma’lumki, bozor munosabatlari amaliyotida tovar bahosi hamda talab orasidagi 
bog‘liqlik quyidagicha namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tovar bahosining oshuvi iste’molchi 
talabining kamayishiga olib keladi. Aksincha, baxo pasaysa, talab ortadi. 
Kurno bu bog‘liklikni “Talab qonuni” deb hisoblaydi va uni talab funksiyasi 
ko‘rinishida quyidagicha ifodalaydi: 
D = f(r) 
bunda, D- iste’molchi talabi, 
r-tovar bahosi 
Tovar sotuvidan tushgan pul tushumi (R) funksiyasi esa quyidagi ko‘paytmadan 
iborat bo‘ladi: 
R=r x D = r x F (p) 
Bu funksiya uzluksiz bo‘lib, bahoning har bir cheksiz o‘zgarishiga, talabning 
cheksiz o‘zgarishi mos ishlashi aks ettiradi. Talab funksiyasi differensiyalanadi. 
Differensiyalning maksimum qiymati yuqori daromad olishga qaratiladi deb 
hisoblaydi. 
Kurno iqtisodiyotga birinchi marta elastiklik tushunchasini tadbiq etdi. 
Talab funksiyasining baxoga nisbatan elastikligi-tovar bahosining bir foizga 
o‘zgarganda talab miqdorining qanchaga o‘zgarishini anglatadi. Kurno talabning
baxoga nisbatan past elastiklik mavjudligi bilan izohlaydi. 
1. 
Bahoning nisbatan katta bo‘lmagan o‘zgarishiga talabning katta 
o‘zgarishi ro‘y berishi, talabning yuqori elastiklik holati hisoblanadi. 
2. 
Baholarning sezilarli o‘zgarishidan qat’iy nazar talabning o‘zgarishi 
sekin bo‘lsa, past elastliklik holati deyiladi. 


 
47 
Masalan, tor doiradagi muhlislar uchun, skripka yoki astronomik teleskop 
narxining ikki barovar o‘zgarishi, ularga bo‘lgan talabning jiddiy o‘zgarishga olib 
kelmaydi. 
Shuningdek, narx keskin o‘zgarishidan qat’iy nazar, transport vositalari, oziq-
ovqat mahsulotlariga talab deyarli kam o‘zgaradi. 
Kurno o‘z tadqiqotlarida, tabiiiy monopoliya, ya’ni noyob ma’danli suv 
chiqaradigan buyum egasining, yuqori daromad olish uchun qanday baho qo‘yish 
masalasini taxlil etadi. Bunda yangi omillar-ishlab chiqarish chiqimlari, raqobat 
kabilar ham hisobga olinadi. 
Shuningdek, Kurno, 2ta raqobatli monopoliya-duopoliya, chekli va ko‘p 
raqobatchilar holatlarini ham taxlil qilgan. 
Tahlil matematik aniqliq va kuchli mantiqiylik asosida amalga oshirilgan. 
Kurno tadqiqotlarining eng muhim jihatlaridan biri, ishlab chiqarish sohasidagi 
qiymatning mehnat nazariyasi emas, muomala sohasidagi baholar tahlil etilgan. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling