L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Bog'liq
44679-1

 
Muhokama uchun savollar 
1. Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari. 
2. Bu maktabning merkantilizmdan asosiy farqi nimadan iborat 
3. V.Pettining iqtisodiy qarashlari, uning uslubi. 
4. «Fiziokratizm» so‘zining mazmuni va bu ta’limotning muhim 
xususiyatlari nimadan iborat? 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 
2. Drozdov V.V. Fransua Kene. M., Ekonomika, 1988. 
3. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997. 
4. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 
2002. 122-166b. 
5. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 
O‘zbekiston, 2003. 48-68b. 
6. Amaliy iqtisodiyot: / O‘quv qo‘llanma/ Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar. 
«Sharq» 1996 14b. 
7. R.Qarshiyev., A.To‘xtamishev. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar 
matni. SamKI, 2000y.


 
28 
MAVZU 5: KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO‘LA TO‘LA 
SHAKLLANISHI, SMIT VA RIKARDOLARNING IQTISODIY 
TA’LIMOTLARI
A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari. 
A.Smitning iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi. 
A.Smitning qiymat, mehnat va pul nazariyalari. 
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. «Asr stagnatsiyasi» 
18-chi asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar 
A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu hol tasodifiy 
emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy
sotsial va siyosiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan edi. Mamlakatda yuksak rivojlangan 
qishloq xo‘jaligi va tez o‘sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. 
Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo‘lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari – 
lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamg‘arilishi natijasida hosil 
bo‘lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, noekvivalent 
savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi va h.) tobora ko‘p 
miqdorda sanoat va qishloq xo‘jaligiga qo‘yila boshladi. Angliya industrial agrar 
davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko‘paydi, 
ishchilarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. 
Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlkatning sanoat mahsulotlari jahon 
bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan 
savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, qonunlar davr talabiga javob bermay qo‘ydi, 
ularning borligi kapitalizm rivojiga to‘sqinlik kilar edi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling