L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Bog'liq
44679-1

 
 


 
25 
Takror ishlab chiqarish nazariyasi. 
Iqtisodiy ta’limotlar rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» 
asari juda kata rol uynadi. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni, takror 
(uzliksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi 
marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi.. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi 
beriladi va tayor mahsulotning aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu o‘sha davr uchun 
katta kashfiyet edi. F.Kene jamiyatdagi uchta sotsial guruh – ya’ni fermerlar (unumli 
sinf), mulkdorlar (yer egalari), sanoatchilar (unumsiz sinf)- o‘rtasida mahsulot va 
pulning ayirboshlanish jarayonini ko‘rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini 
tahlil etishda baholarning o‘zgarmasligi asos qilib olinadi. Bunda almashuv 
ekvivalentlik tamoyili asosida ro‘y berayapti, deb faraz qilinadi. Bu jarayon tashqi 
bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz berayapti, deb qaraladi. 
Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo‘lishi zarurligi qayd 
etiladi, ma’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muxim. F.Kenening takror ishlab 
chiqarish nazariyasida jamiyatni sinflarga bo‘lishi kamchiligi bo‘lsa, milliy 
iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada tahlil qilishi bo‘lajak iqtisodiy modellar uchun 
kurtak vazifasini bajaradi. 
A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti. 
F.Kene g‘oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781)tomonidan davom ettirildi 
va chuqurlashtirildi. Ammo u o‘zini F.Kene shogirdi yoki davomchisi deb 
hisoblamagan. U Parijda dvoryanlar oilasida tug‘ildi.
Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal 
bo‘lib o‘sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil tahlil etadi 
va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligini e’tirof etiladi. Bu xulosa 
to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va xizmat soxalariga ijobiy yondashadi. U kapital 
va qo‘shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, 
ssuda va kapital xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm qobig‘idan 
chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy mahsulotining asosiy shakli yana 
yerga, yer rentasiga qaytadi.  
A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 
yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo bo‘lishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi 
mulohazalar» asarida nisbatan to‘la yoritilgan.
U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, 
feodalizmni islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga (F.Kene 
fikri) ishonmadi. 
1774 yili qirol Lyudovik 16-chi A.Tyurgoni moliya bosh nazoratchisi 
lavozimiga tayinladi. Bu lavozimda 2 yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo mamlakat 
iqtisodiyotini har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir 
qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, 
mamlakat ichkarisida donning erkin savdosini tashkil etilishi, natural yer 
majburiyatini pulli yer solig‘i bilan almashtirilishi, sanoat sohasida tadbirklorlikning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hunarmandchilik birlashmalarining bekor qilinishi 
shular jumlasidandir.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling