L o y I x a meҳnat jamoasining umumiy yiғilishida ma`қullangan
Download 328.99 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchi _________Buxoro muxandislik texnologiya instituti rektori
- Jamoa shartnomasiga imzo chekish vaқtida қuyidagilar ҳozir bo`ldilar
- 3. M.Temirova I. UMUMIY ҚOIDALAR
- SHartnoma
- SHartnoma Ish beruvchiga va Muassasaning
- SHartnomani
- Kasaba uyushma қo`mitasi
- III. MEҲNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI.
- Ish beruvchining
- - Muassasa
- Kasaba uyushma ko`mitasining
- Muassasada
- IV. ISH VAҚTI VA DAM OLISH VAҚTI
- Ish beruvchining Kasaba uyushma қo`mitasi
L O Y I X A Meҳnat jamoasining umumiy yiғilishida ma`қullangan
__ yil «»_ Buxoro muxandislik- texnologiya instituti
___________________________________________ _______________________ (ta`lim muassasasi nomi) 2014-2017 yil(lar) uchun JAMOA SHARTNOMASI Meҳnat jamoasining umumiy yiғilishi қaroriga binoan jamoa shartnomasiga imzo chekdilar:
_________Buxoro muxandislik texnologiya instituti rektori Ta`lim muassasasi nomi Kasaba uyushmasi қo`mitasi raisi
(F.I.O.)
SH.N.Ochilov (F.I.O.)
Jamoa shartnomasiga imzo chekish vaқtida қuyidagilar ҳozir bo`ldilar:
1. K.T.Olimov 2.F.T.Gaybullaev 3. e.Ғafurov Xodimlar vakillari 1. N.O`rinov 2. K.Mastonov 3. M.Temirova I. UMUMIY ҚOIDALAR 1.1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o`rinlarda «SHartnoma'>SHartnoma») Buxoro muxandislik–texnologiya institutida ish beruvchi bilan xodimlar,talabalar o`rtasidagi meҳnatga oid, ijtimoiy-iқtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi maҳalliy normativ ҳujjat ҳisoblanadi. Mazkur SHartnomaning taraflari deb қuyidagilar ҳisoblanadi: - ish beruvchi Buxoro muxandislik-texnologiya instituti rektori U.T.Muxamedxanov, - xodimlar va talabalar kasaba uyushma қo`mitasi raisi SH.N.Ochilov
1.2. SHartnoma -----------------kuchga kiradi va -------------------- amal қiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o`zgartirguncha, to`ldirguncha amalda bo`ladi. 1.3. Mazkur SHartnoma Ish beruvchiga va Muassasaning barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga қabul kilingan shaxslarga ҳam tatbik etiladi. Mazkur SHartnomada nazarda tutilgan xollarda uning ayrim қoidalari қuyidagilarga nisbatan ҳam tatbiқ etiladi:
xodimning oila a`zolariga;
yoshga doir pensiyaga ketishi munosabati bilan meҳnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor қilingan shaxslarga;
meҳnat vazifalarini bajarish bilan boғliқ xolda jaroҳatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshқa xil shikastlanishi tufayli zarar etkazilishi oқibatida jabrlangan sobiқ xodimlarga;
bilan boғliқ ҳolda soғligiga boshқacha tarzda shikast etishi sababli vafot etgan xodim karamoғida bo`lgan va zarar to`lovini olish ҳuқuқiga ega bo`lgan meҳnatga қobiliyatsiz shaxslarga;
kasaba uyushmasi a`zolariga (kasaba uyushma byudjeti ҳisobidan beriladigan қo`shimcha imtiyozlar қismida). 1.4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining 2006 yil 11 yanvardagi 4-sonli Қarori bilan tasdiқlangan «Kasanachilik to`ғrisida Nizom»ga binoan mazkur SHartnomaning ish ҳaftasining muddatiga (4.1-bandi), tungi vaқtdagi va kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miқdorda to`lanadigan ҳaқga (5.12.1- kichik bandi), ish vaқtidan tashkari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun oshirilgan miқdorda to`lanadigan ҳaқga (5.12.2- kichik bandi) oid me`yoriy қoidalari kasanachilarga nisbatan tatbiқ etilmaydi. 1.5. SHartnomaga o`zgartirish va қo`shimchalar kiritish taraflarning o`zaro roziligi bilan Meҳnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1.6. Meҳnat to`ғrisidagi қonunlar va boshқa normativ ҳujjatlar mazmuniga қilingan ishoralarning barchasida ularning mazkur SHartnomani tuzish choғidagi taҳriri nazarda tutilgan. 1.7. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi қabul қilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek Kasaba uyushma қo`mitasi bilan kelishib қabul қilingan Muassasaning boshқa lokal ҳujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma`lumotlar oshkoraligini (majlislar, mas`ul xodimlar ҳisobotlari, axborot stendlari va ҳokazo orқali) ta`minlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
2.1. Taraflar meҳnat vazifalarining ҳalol va sifatli bajarilishi xodimlar farovonligining negizi ekanligini e`tirof etadilar. 2.2. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`ғrisida”gi қonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, boshқa me`yoriy ҳujjatlardagi o`қish jarayonini tashkil қilish Ish beruvchining xuқuқidir. Bu masalada Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o`zgarishlar, ish ҳaқi va meҳnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo`ljallanayotgan tadbirlar to`ғrisida xabardor қilib turadi. 2.3. Kasaba uyushma қo`mitasi a) ijtimoiy-meҳnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiқarish va ijtimoiy-iқtisodiy muammolarni ҳal etishda xodimlar nomidan ish ko`rish; b) Kasaba uyushma қo`mitasi vakillarini Muassasa boshқaruvining organlariga saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish; v) kasaba uyushmalariga xos uslublar yordamida Muassasaning barқaror faoliyat ko`rsatishiga ko`maklashish; g) ichki meҳnat tartibi қoidalariga, meҳnat intizomiga rioya etilishiga, meҳnat vazifalari o`z vaқtida va sifatli bajarilishiga ko`maklashish; d)
boshқarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning meҳnat shartnomasidagi vazifalarni to`liқ va sifatli bajarishlariga ko`maklashuvchi ijtimoiy-iқtisodiy rivojlanishning joriy va istiқbolli reja va dasturlarini қabul қilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo`yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish; e) xodimlarni ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga ko`maklashish; j) mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik ҳuқuқiy davlat va fuқarolik jamiyatini қurish borasidagi ustuvor dasturlar bajarilishini monitoring қilish ishlarida ishtirok etish; z) tarmoқ ko`rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiқish; e) ijtimoiy ҳimoyalash, o`rta maxsus, kasb-ҳunar ta`limi tizimini rivojlantirish kabi Prezident Farmonlari, Ҳukumat қarorlari yuzasidan o`қuvlar tashkil қilish majburiyatlarini o`z zimmasiga oladi. 2.4. Xodimlar: a) o`z meҳnat vazifalarini ҳalol bajarish, Ish beruvchining farmoyishlari va buyruқlarini o`z vaқtida va sifatli ijro etish; b) ichki meҳnat tartibi қoidalariga, o`rnatilgan meҳnat rejimiga va meҳnat intizomiga rioya қilish majburiyatlarini o`z zimmasiga oladilar.
3.1. Xodim va Ish beruvchi o`rtasidagi meҳnat munosabatlari meҳnat to`ғrisidagi қonunlar va boshқa normativ ҳujjatlar (shu jumaladan tarmoқ (tarif) kelishuvlari, xududuiy (mintaқaviy) kelishuvlar va mazkur SHartnoma) қoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan meҳnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bunda meҳnat shartnomasi taraflarining birontasi boshқa tarafning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi. 3.2. Ishga қabul қilish shuningdek: a) tanlov asosida; b) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining 2006 yil 11 yanvardagi 4-son Қarori bilan tasdiқlangan “Ish beruvchining buyurtmasi bo`yicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar ko`rsatish) uchun Namunaviy meҳnat shartnomasi”ga binoan tuzilgan kasanachi tomonidan ish beruvchining buyurtmasiga binoan ishlarni bajarish (xizmatlar ko`rsatish) uchun meҳnat shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin. 3.3. Mutaxassisligiga, malakasiga va meҳnat shartnomasiga muvofiқ xodimlar to`la-to`kis ish bilan ta`minlanadilar. 3.4. Meҳnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor қilinishi faқatgina Kasaba uyushma қo`mitasining oldindan rozligini olib amalga oshiriladi (O`zbekiston Respublikasi Meҳnat kodeksida nazarda tutilgan ҳollar bundan mustasno). (Meҳnat shartnomasi: - Muassasa tugatilishi munosabati bilan; - Muassasa raҳbari bilan tuzilgan shartnomani Meҳnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi қismida nazarda tutilgan asoslardan biriga ko`ra; - Muassasa raҳbari, uning o`rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, Muassasada bosh buxgalter lavozimi bo`lmagan takdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan Meҳnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor kilingan takdirda Kasaba
3.5. Xodimning vaқtincha boshқa ishga o`tkazish ҳaқidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiққan va bunday ish Muassasada mavjud bo`lsa, ish beruvchi tomonidan қanoatlantirilishi kerak. Xodimning tashabbusi bilan boshқa ishga o`tkazish muddati xodim va Ish
bajarilayotgan ishga қarab (yoki avvalgi o`rtacha ish ҳaқidan kam bo`lmagan miқdorda) to`lanadi. Xodimning tashabbusi bilan vaқtincha boshқa ishga o`tkazish uchun uzrli sabablar deb қuyidagilar ҳisoblanadi: 3.5.1. betob oila a`zosini parvarishlash zaruriyati; 3.5.2. ishni ta`lim bilan қo`shib olib borilishi; 3.5.3. moliyaviy қiyinchiliklar; 3.5.4. avvalgi ish joyida xodimning ҳayoti yoki soғligiga taxdid soluvchi omillar vujudga kelishi; 3.6. Ishlab chikarish zaruriyati yoki bekor turib қolinishi munosabati bilan Ish
o`tkazishga yo`l қo`yiladi. Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaқtincha boshқa ishga o`tkazish uchun ishlab chikarish zaruriyati deb қuyidagi ҳolatlarda bajarilishi lozim bo`lgan tezkor va kechiktirib bo`lmaydigan ishlar ҳisoblanishi mumkin: 3.6.1. boshқa xodimning ishda vaқtinchalik xozir bo`lmagan davrida (o`қuv sessiyasiga, meҳnat ta`tiliga va ҳaқ to`lanmaydigan ta`tilga ketishi, vatinchalik meҳnatga layoқatsizligi sababli); 3.6.2. tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshқa favқulodda xodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda;
Ishlab chiқarish, tashkiliy-texnik tusdagi yoki boshқa ob`ektiv sabablarga ko`ra ish vaқtincha to`ҳtatilishi bekor turib қolish deb ҳisoblanadi. Vaқtincha boshқa ishga o`tkazishlar muddati ishlab chiқarish zaruriyatini keltirib chiқargan omillarni bartaraf etish vaқti yoki bekor turib қolinishining butun davri bilan belgilanadi. Barcha xollarda Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaқtincha boshқa ishga o`tkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmasligi lozim. (Xalқaro meҳnat tashkiloti (XMT)ning O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya қilingan 29-Konventsiyasi). Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaқtincha boshқa ishga o`tkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga қarab, lekin avvalgi o`rtacha ish ҳaқidan kam bo`lmagan miқdorda ish ҳaқi to`lanadi. 3.7. Ish beruvchi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish eҳtimoli to`ғrisida kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasi organiga axborot taқdim etish va ishdan ozod etish oқibatlarini engillashtirishga қaratilgan maslaҳatli ishlarni amalga oshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Ish beruvchi shuningdek kamida ikki oy oldin ҳar bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va meҳnat ҳaқi miқdorini ko`rsatgan ҳolda, bo`lajak ishdan ozod қilish to`ғrisidagi ma`lumotlarni maҳalliy meҳnat organiga ҳam ma`lum қilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Muassasa xodimlarining ro`yxatdagi sonidan kamida 50 foizining bir vaқtning o`zida ishdan ozod etilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etilishi deb ҳisoblanadi. 3.8. Ish beruvchi қisқartirilayotgan xodimlarni қayta tayyorlash va қayta o`қitish ishlarini tashkil etish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. 3.9. Xodimlar soni қisқartirilayotganda қisқartirish oқibatlarini yumshatishga қaratilgan қuyidagi choralar nazarda tutiladi :
a) o`rindoshlikni, vaқtincha ishlaydigan xodimlar sonini cheklash, bir necha kasbda ishlashni taқiқlash, fuқarolik-ҳuқuқiy shartnomalar bo`yicha bajariladigan ishlarni jamoaning o`ziga berish; b) xodimlarning ҳoҳishiga ko`ra ularga ish xaқi saқlanmagan ҳolda қisқa muddatli ta`tillar berish; v) қisқartirish to`ғrisidagi ogoҳlantirish amal қilayotgan davrda xodimning o`z ҳoҳishi bilan meҳnat shartnomasini bekor қilinishini tomonlar kelishuviga binoan ogoҳlantirish muddatiga muvofiқ keladigan pullik kompensatsiya to`lash bilan amalga oshirish; g) xodimlar soni қisқartirilishi munosabati bilan meҳnat shartnomasi bekor қilinishi to`ғrisida ogoҳlantirish olgan xodimga ogoҳlantirish muddati davomida uziga қulay vaқtda boshқa ish қidirish uchun ҳaftada bir kun ish ҳaқi saқlangan ҳolda ishga chiқmaslik ҳuқuқini berish. 3.10. Texnologiyadagi, ishlab chikarish va meҳnatni tashkil etishdagi o`zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar ҳajmining қisқarishi munosabati bilan meҳnat shartnomasi bekor kilinganda ishda қoldirish uchun imtiyozli ҳuқuқ O`zbekiston Respublikasi Meҳnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi қismlarida ko`rsatilgan xodimlar toifalariga beriladi. 3.11. Agar xodimlar O`zbekiston Respublikasi Meҳnat kodeksi 103- moddasining birinchi va ikkinchi қismlariga muvofiқ ishda koldirishda afzallik ҳuқuқiga ega bo`lmasalar, u xolda xodimlarni ishda koldirishda afzallik beriladigan қuyidagi ҳolatlar inobatga olinadi: a) nogironlik; b) pensiya yoshiga yaқinlashib қolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yosh); v) ishlayotgan yolғiz onaning қaramoғida 14 yoshga to`lmagan bolalar mavjudligi;
4.1 Tomonlar meҳnat қonunlarida ko`rsatilagn ҳaftalik ish soatidan oshmagan ҳolda 6 kunlik ish ҳaftasi asosida ish tashkil қilishga kelishdilar. Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaқti, muassasa ichki meҳnat tartibidan kelib chiқib belgilanadi.
Pedagog xodimlar ҳaftalik ish soati tarifikatsiya soatiga muvofiқ belgilanadi. Boshқa xodimlar uchun қuyidagicha ҳaftalik ish soatlari belgilanadi:
-16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan xodimlar uchun 36 soat; - zararli sharoitda ishlovchilar uchun (laborantlar, maxsus farroshlar) 36 soat;
- I va II guruҳ nogironlari uchun – 36 soat; 4.2. O`zbekiston Respublikasi Meҳnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan ҳollarda, shuningdek қuyidagi asoslardan biri mavjud bo`lganda xodimning iltimosiga ko`ra unga to`liksiz ish vaқti belgilab ko`yilishi shart: a) oila a`zolaridan birining betobligi; b) ishni ta`lim bilan қo`shib olib borilishi; v) profilaktik davolanish zaruriyati; g) texnologiyadagi, ishlab chikarish va meҳnatni tashkil etishdagi o`zgarishlar tufayli xodimlar soni қisқarishining oldini olish. 4.3. To`liқsiz ish vaқti sharoitida ishlash muddati xodim bilan Ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilab қo`yiladi. To`liksiz ish vaқti rejimidagi meҳnat uchun ishlangan vaқtga mutanosib ravishda ҳaқ to`lanadi. 4.4. tungi korovullarlar uchun ish vaқti (smena) muddati sutkasiga o`n ikki soat miқdorida belgilab қo`yiladi va ish vaқtini jamlab ҳisobga olish joriy қilinadi. Bunda ish vaқtining oylik balansiga rioya etiladi.
Ish vaқtini jamlab ҳisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaқtidan tashқari ishlarga jalb etish xususida belgilangan cheklashlarga (O`zbekiston Respublikasi Meҳnat kodeksi 220-moddasining beshinchi қismi va 228, 245- moddalariga) rioya kilgan ҳolda joriy etiladi. 4.5. Ish vaқti jamlab ҳisobga olinishi rejimida band bo`lgan xodimlarga ҳar oyda to`lanadigan ish ҳaқi miқdori tenglashtirilishi kafolatlanadi (ҳisobga olinadigan davr yakunlari bo`yicha to`ғirlab қo`yish sharti bilan). Bunda ҳisobga olinadigan davr mobayinida ish soatlarining normal miқdoridan ko`p ishlaganlik uchun ish vaқtidan tashқari ishlar uchun o`rnatilgan baҳolarga binoan ҳaқ to`lanadi yoki xodimning xoҳishiga ko`ra dam olish kuni beriladi.
4.6. Ishdan tashқari vaқtlarda ishga jalb etish faқat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi. 4.7. Xodimlarni kechki va tungi vaқtlarda, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishga jalb etish aloҳida xollardagina ҳamda қonun ҳujjatlarida belgilangan cheklovlarni ҳisobga olgan xolda, Ish beruvchining Kasaba uyushma қo`mitasi bilan kelishib қabul қilgan yozma farmoyishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
4.8. Ish beruvchi va pedagog xodimlarga қonunlar va yo`riқnomalarda ko`rsatilgan uzaytirilgan қuyidagi ta`til kunlari belgilanadi: - raҳbar xodimlar uchun kun; - o`қituvchilarga ishlagan ҳar oyi uchun 4 kundan. To`liқ yil ishlaganda 48 kun (ish kuni); - to`garak raҳbarlariga ishlagan ҳar oyi uchun 3 kundan 36 ish kuni. 4.9. Pedagog bo`lmagan xodimlarga қuyidagicha ta`til berishga kelishildi: -kutubxonachilar, etakchilar, laborantlar, ҳamshiralarga ishlagan ҳar oyi uchun 2 kundan 24 ish kunida; -қolgan texnik xodimlarga 18 ish kunidan iborat ta`til belgilanadi. 4.10. Ish beruvchi қuyidagi ҳollarda xodimning ish ҳaқi saқlanib қolinadigan ta`til berish ҳaқidagi iltimosini қanoatlantirishni o`z zimmasiga oladi: -yaқin қarindoshi vafot etganda – 3 kun; -xodim va uning farzandining to`y marosimini o`tkazishga – 3 kun; -kumush-oltin to`ylarda -2 kun; -yangi uyga ko`chganda – 2 kun; YAқin қarindoshlar deb: xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi va uning turmush o`rtoғining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi ҳisoblanadilar. 4.11. Қuyidagi xollarda қo`shimcha yillik meҳnat ta`tillari beriladi: a) Meҳnat sharoiti nokulay bo`lgan ishlarda (O`zbekiston Respublikasi Meҳnat va aҳolini ijtimoiy muҳofaza қilish vazirligi xamda Soғliқni saқlash vazirligi tomonidan tasdiқlangan Meҳnat sharoitlarini baҳolash uslubiyoti asosida) 3 kundan 5 kungacha (2-Ilova); 4.12. O`zbekiston Respublikasi Meҳnat kodeksining 144-moddasida ko`rsatib o`tilgan xodimlar toifalaridan tashқari қuyidagi xodimlarga meҳnat ta`tili ularning xoҳishiga ko`ra yozgi yoki ular uchun қulay bo`lgan boshқa vaқtda beriladi: a) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 20 martdagi 153-sonli қaroriga asosan ijtimoiy aҳamiyatga molik kasallik bo`yicha ҳisobda turgan xodimlarga; b) betob oila a`zosini parvarishlayotgan xodimlarga; v) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi PF-3878-sonli Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga; g) ishlayotgan nafaқaxo`rlarga; 4.13. Ta`til uchun xaқ to`lash ta`til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 4.14. Xodimning arizasiga binoan unga ish ҳaқi saқlanmagan ҳolda ta`til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan Ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. 4.15. Meҳnat kodeksining 150-moddasida ko`rsatib o`tilgan xodimlardan tashқari (1941-1945 yillardagi urush қatnashchilariga va imtiyozlari jixatidan ularga tenglashtirilgan I va II gurux nogironlariga, un ikki yoshga to`lmagan ikki va undan ortiқ bolani tarbiyalayotgan ayollarga) yana қuyidagi xodimlarga ularning xoҳishiga ko`ra ish xaқi saқlanmagan xolda muқarrar tartibda 14 kalendar kunga қadar ta`til beriladi: a) betob oila a`zosini parvarishlayotgan shaxslarga; b) 30 yoshgacha bo`lgan yosh oila a`zolariga; v) ishlayotgan nafaқaxo`rlarga. 4.16. Meҳnat shartnomasi bekor қilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ҳam) xodimning xoҳishiga ko`ra, yillik asosiy va қo`shimcha ta`tillarni berib, undan keyin meҳnat munosabatlarini bekor қilish mumkin. Bu ҳolda ta`til tugagan kun meҳnat shartnomasi bekor қilingan kun deb ҳisoblanadi.
Download 328.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling