Lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur
Magistral gaz quvurining tarkibi va vazifalari
Download 70.12 Kb. Pdf ko'rish
|
5mavzu tasis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistral gaz quvuri tarkibining umumiy chizmasi
4.3. Magistral gaz quvurining tarkibi va vazifalari
Magistral gaz quvurining tarkibiga: bosh qurilmalar tarkibidagi bosh kompressor stansiyasi (BKS); quvurning chiziqli bo‘limi elektrokimyoviy himoya (EKH) vositalari; gaz taqsimlovchi stan- siyasi (GÒS); yer osti gaz ombori (YOGO); ta’mirlash usta- xonalari; yo‘llar; boshqaruv va yashash inshootlari va boshqalar kiradi (7- rasmga qarang). Bosh qurilmalar. Bu yerda gaz jo‘natishga tayyorlanadi. Òay- yorlashda gaz tarkibidagi namlik, mexanik aralashmalar, H 2 S, CO 2 va boshqa qo‘shimchalar ajratib olinadi. 7- rasm. Magistral gaz quvuri tarkibining umumiy chizmasi: 1– gaz quduqlari; 2– bosh qurilmalar; 3– bosh kompressor stansiyasi (BKS); 4– quvurning chiziqli bo‘limi; 5– sun’iy to‘siqlar (kanal, aholi yashash punkti va h.k.); 6– oraliq KS; 7– tabiiy to‘siqlar (jarlik, daryo, ko‘l va h.k.); 8– elektrokimyoviy himoya vositalari; 9– yer osti gaz ombori; 10– GÒS; 11– iste’molchilar, L– magistral gaz quvuri uzunligi. 30 Magistral gaz quvurining chiziqli bo‘limi. Bunga BKS dan GÒS gacha bo‘lgan quvur uzunligi kirib, u BKS yordamida haydalgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Magistral gaz quvurining sun’iy va tabiiy to‘siqlar orqali o‘tgan bo‘limi magistral gaz quvurini to‘siqlarning osti yoki ustidan o‘tkazish uchun xizmat qiladi. O‘tish bo‘limlarining konstruksi- yalari to‘siqlar turiga ko‘ra: arka, to‘sin va osib qo‘yilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Oraliq KS. Ularning asosiy vazifalari, quvurning gidravlik qarshiliklari natijasida kamaygan gaz bosimini boshlang‘ich bosim darajasiga ko‘tarish va uni yana magistral gaz quvuriga haydashdir. Har bir oraliq KS larida 3 ta texnologik jarayon bajariladi: — gazni mexanik aralashmalardan tozalash; — gaz bosimini oshirish; — siqilgan gazni sovitish va yana quvurga haydash. Oraliq KS lari orasidagi masofa gidravlik hisob orqali aniqlanadi. Elektrokimyoviy himoya vositalari yer osti magistral quvur- larini tuproq, daydi toklar va bakteriyalar korroziyasidan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Himoya vositalari sifatida turli quv- vatga ega bo‘lgan katod stansiyalari, protektor va elektrodrenaj qurilmalari ishlatiladi. Katod stansiyalari va protektor qurilma- lari orasidagi masofa hisoblash orqali aniqlanadi. Yer osti gaz ombori gaz iste’molining mavsumiy notekisligi- ning bir xilda bo‘lishini ta’minlash uchun xizmat qiladi, ya’ni bahor-yoz faslida ortiqcha gazlar yer osti gaz omboriga haydala- di, kuz-qish faslida esa yetishmaydigan gazlar miqdori yer osti gaz omboridan olinib iste’molchilarga uzatiladi. Gaz taqsimlash stansiyasi (GÒS) quvurlar orqali oqib kelgan yuqori bosimli gazni kerakli past bosimga kamaytirib berish uchun xizmat qiladi. GÒS da gazning bosimi 3,6 va 12 atmosfera bosimi- gacha kamaytiriladi. Shular bilan bir qatorda gaz qo‘shimcha odo- rantlanib gaz tarmoqlari orqali iste’molchilarga yuboriladi. Download 70.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling