Lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur


Download 70.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi70.12 Kb.
#1484615
  1   2   3
Bog'liq
5mavzu tasis



28
4.1. Magistral quvurlarning turlari
Magistral quvurlar deb, neft-gaz va neft mahsulotlarini ish-
lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur
bo‘limiga aytiladi.
Magistral quvurlarning ishchi bosimi 10 MPa dan yuqori
bo‘lmay, ularning shartli diametrlari 1420 mm gacha bo‘ladi.
Magistral quvurlar tashiladigan mahsulotning turlariga ko‘ra: neft,
gaz va neft mahsulotlari magistral quvurlariga bo‘linadi.
Magistral gaz quvuriga gazni kompleks tayyorlash qurilma-
lari tarkibidagi bosh kompressor stansiyasi (BKS) dan gazni
taqsimlash stansiyasi (GÒS) gacha bo‘lgan oraliq kiradi.
Magistral neft quvuri bo‘limiga neftni kompleks tayyor-
lash qurilmalari tarkibidagi bosh nasos stansiyasi (BNS) dan
neftni qayta ishlash zavodi (NQZ) gacha yoki uzatuvchi om-
borgacha bo‘lgan oraliq kiradi. Magistral neft mahsuloti quvur-
lariga NQZ dan mahsulotlarni saqlovchi omborgacha bo‘lgan
oraliq kiradi.
4.2. Magistral quvurlarning klassifikatsiyasi
va kategoriyasi
Magistral quvurlar qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)
2.05.06-85 ga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Magistral gaz
quvurlari ishchi bosimiga ko‘ra 2 ta sinfga bo‘linadi.
Birinchi sinf magistral gaz quvurlariga ishchi bosimi 2,5 MPa
dan 10 MPa gacha bo‘lgan quvurlar kiradi; ikkinchi sinfga ishchi
bosimi 1,2 MPa dan 2,5 MPa gacha bo‘lgan quvurlar kiradi.
Magistral neft va neft mahsulotlari quvurlari shartli diametr-
lari bo‘yicha 4 ta sinfga bo‘lingan:
1- sinfga shartli diametri 1000 mm dan katta bo‘lgan quvurlar;
2- sinfga shartli diametri 500 mm dan 1000 mm gacha bo‘lgan
quvurlar;
IV BOB. MAGISÒRAL NEFÒ-GAZ QUVURLARI
ÒO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOÒLAR


29
3- sinfga shartli diametri 300 mm dan 500 mm gacha bo‘lgan
quvurlar;
4- sinfga shartli diametri 300 mm dan kichik bo‘lgan quvur-
lar kiradi.
Magistral quvurlarning istalgan bo‘limlarini mahkamligini
ta’minlash maqsadida QMQ 2.05.06-85 bo‘yicha ular quyidagi
kategoriyalarga bo‘lingan.
Shartli diametri 1200 mm va undan yuqori bo‘lgan gaz quvur-
lari va shartli diametri 700 mm va undan yuqori bo‘lgan neft va
neft mahsuloti quvurlari 3- kategoriyaga; shartli diametri 1200
mm dan kichik bo‘lgan gaz quvurlari hamda shartli diametri 700
mm dan kichik bo‘lgan neft va uning mahsuloti quvurlari 4- kate-
goriyaga kiradi.

Download 70.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling