Labaratoriya shartli belgilari biologiya – hayot haqidagi fan


BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR


Download 5.05 Mb.
bet4/4
Sana12.11.2023
Hajmi5.05 Mb.
#1768169
1   2   3   4
Bog'liq
7-sinf 1-5 mavzular

3. BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR

Daryo va soylarda ko‘p uchraydigan belbog‘li ulotriks suv ostidagi tosh va boshqa narsalarga rizoidi yordamida yopishib o‘sadi. Ulotriks tanasi ipsimon bo‘lib, bir xil silindr shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Dengizlarda uchraydigan qo‘ng‘ir suvo‘t yapon laminariyasi “Dengiz karami” deb nom olgan. Yapon laminariyasi tanasida ko‘p miqdorda darmondorilar, shakar va boshqa moddalar to‘planadi. Laminariya, nemalion va ulva kabi dengiz suvo‘tlari iste’mol qilinadi. Suvo‘tlarning fotosintezi natijasida suv havzalari kislorod bilan boyiydi. Suvo‘tlar suvdagi organizmlar uchun asosiy oziq manbaidir. Soxta oyoqlilarga mansub oddiy amyoba ko‘lmak suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasi 0,2–0,5 mm, shaffof. Sitoplazmaning harakati tufayli soxta oyoqlar uzluksiz hosil bo‘ladi va yo‘qolib turadi. Shuning uchun amyobaning tana shakli doimiy emas. Amyoba geterotrof organizm bo‘lib, suvo‘t, bakteriya va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Oziqqa duch kelgan amyoba soxta oyoqlari yordamida fagotsitoz usulida oziqni qamrab oladi

3. BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR

Zamburug‘lar – tayyor oziq moddalar bilan oziqlanadigan geterotrof organizmlar Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy juda ko‘p shoxlangan ingichka iplar – gifalardan iborat. Mitseliy suv va unda erigan minerallarni shimib olish vazifasini bajaradi. Zamburug‘larning mevatanasi esa sporalar hosil qilib, ko‘payish uchun xizmat qiladi. Qalpoqchali zamburug‘lar ko‘p hujayrali bo‘lib, organik qoldiq moddalarga boy nam tuproqlarda ko‘p uchraydi. Ularning vegetativ tanasi tuproq ostida joylashgan. Zich gifalardan iborat mevatanasi esa yer yuzasiga o‘sib chiqadi. Mevatana oyoqcha va qalpoqchadan iborat. Qalpoqchasida sporalar hosil bo‘ladi. Qalpoqchali zamburug‘lar saprofit organizmlar bo‘lib, tuproqdagi o‘simlik qoldiqlarini parchalab, tuproqni minerallarga boyitadi. Qo‘ziqorin, qo‘zidumba, oddiy oqqayin zamburug‘lari iste’mol qilinadi

5. URUG’LI O’SIMLIKLAR

5. URUG’LI O’SIMLIKLAR


Download 5.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling