Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Download 1.7 Mb.
bet3/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Laboratoriya ishi №2.
SIFAT ANALIZI. KATIONLAR KLASSIFIKATSIYASI
Analitik kimyo moddalarni analiz qilish (tahlil) qilish usulari haqidagi fan bo‘lib, u sifat, miqdor, struktur va dinamik analizlarni o‘z ichiga oladi. Kimyoviy analiz usullari kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Reaksiyalar asosan eritmalarda o‘tkaziladi. Har qanday analiz samarasini yuzaga keltiruvchi kimyoviy reaksiya analitik reaksiya deyiladi. Analitik reaksiyalar ishlatiladigan modda miqdoriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi (1-jadval).
1-jadval
Analiz qilinadigan modda miqdoriga ko‘ra analiz metodlarining
klassifikatsiyasi


Analiz metodining nomi

Analiz qilinadigan modda miqdori

Namuna massasi, g

Namuna hajmi, ml

Makroanaliz

Gramm-metod

1 – 10

10 – 100

Yarimmikroanaliz

Santigramm-metod

0,05 – 0,5

1 – 10

Mikroanaliz

Milligram-metod

0,01 – 10–6

0,1 – 10–4

Ultramikroanaliz

Mikrogram-metod

10–6 – 10–9

10–4-10–6

Submikroanaliz

Nanogram-metod

10–9 – 10–12

10–7– 10–10

Analitik reaksiyalar umumiy va xususiy reaksiyalarga bo‘linadi. Qo‘llanilgan reagentlar esa birinchi holda guruh reagent, ikkinchi holda esa xususiy reagent deb ataladi. Analitik reaksiyalar quruq va ho‘l usullarda o‘tkaziladi. Quruq usulda tekshirilayotgan modda ham, reagent ham qattiq holda bo‘ladi, olingan modda bilan reagentni yuqori haroratgacha qizdirish yoki quruq moddalarni ishqalash yo‘li bilan reaksiyalar amalga oshiriladi. Ho‘l usuldagi analitik reaksiyalar eritmalarda o‘tkaziladi. Sifat analizi biror ionni aniqlashga kirishishdan oldin tanlangan reaksiyaning sezuvchanligi va tanlab ta‘sir etish xususiyatiga e‘tibor beriladi. Faqat


kamroq sondagi ionlar bilan bo‘ladigan analitik reaksiyalar tanlab ta’sir etuvchi yoki selektiv reaksiyalar hisoblanadi. Selektiv o‘ziga xos, (spesifik) reaksiyalar yordamida eritmaning ayrim ulushlarida o‘tkaziladigan analiz bolib – bolib, xalaqit beruvchi ionlarni ketma – ket ajratib bajariladigan analiz, sistematik analiz hisoblanadi. Sistematik analizda ta’sir etuvchi reagent turiga qarab kationlar vodorod sulfidli,kislota – asosli, ammiak – fosfotli va boshqa usullarga bo‘linadi. Kationlarning alohida guruhlarga ajralishi ularning guruh reagentlariga bo‘lgan munosabatiga asoslangan.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling