Laboratoriya ishi №1 mavzu: Elektrolitik dissotsialanish. Dissotsialanish mexanizmi


b) Konsentratsion galvanik elementni tuzish


Download 242.57 Kb.
bet10/11
Sana11.11.2023
Hajmi242.57 Kb.
#1766825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABORATORIYA ISHILAR (1)

b) Konsentratsion galvanik elementni tuzish
Ishning bajarilish: Mikrostakanchalarni rux sulfatning xar xil konsentratsiyali eritmalari bilan to‘ldiring (rasm). birinchi stakanchaga 1M ZnSO4, ikkinchisiga 0,01M ZnSO4 eritmasidan soling. Stakanchalarni elektrolit ko‘prik bilan birlashtiring. Xar bir stakanchaga rux plastinkasini tushiring, ularni o‘tkazgich orqali galvanometrga ulang. Galvanometr sterkasi o‘zgaradimi?
Tajriba natijalarini yozish: Standart (normal) elektrod potensiallari (ilovadagi jadval) va Nernst tenglamasidan foydalanib, xar bir elektrodning potensialini (E) hisoblang. Yelektrodlardan sodir bo‘layotgan kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing. Tashqi zanjirda elektronlar qanday yo‘nalishda xarakatlanadi? Konsentratsion galvanik elementning EYUKni hisoblang.




LABORATORIYA ISHI №5


MAVZU: ELEKTROLIZ JARAYONLARI
Ishning maqsadi: Elektr toki ta’siridagi oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini o‘rganish.
Vazifa: Elektroliz kuchlanish. Elektroliz qonunlari. Faradey qonunlari. Tok va energiyaga nisbatan reaksiya unumi. Suvli elektrolitlar elektrolizi. Metall ajralishi va ajralmaydigan elektroliz. Suyuqlanmalar elektrolizi. Katod va anoddagi jarayonlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.
1 – tajriba.
U – simon nay yoki ikkita kichik stakancha olib, uni yarmigacha kaliy yodid eritmasidan quying va grafit elektrodlarni tushiring. Agar tajriba uchun stakanlar olingan bo‘lsa, stakanlardagi elektrolit eritmalarini agar – agar (yoki jelatin) bilan to‘yingan KNO3 eritmasi solingan U – simon naycha bilan birlashtiring. So‘ngra elektrodlarni o‘zgarmas tok manbaiga ulang. Katodda vodorod pufakchalari, anodda esa yod ajralib chiqishini kuzating.
Tok berishni to‘xtatib, elektrodlarni oling. So‘ngra vodorod ajraladigan stakanchaga ozgina fenolftalein, yod ajralayotgan tomomniga esa 1 – 2 tomchi yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi? Katod va anoddagi jarayonlar tenglamalarini yozing.

Download 242.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling