Laboratoriya ishi №1 mavzu: Elektrolitik dissotsialanish. Dissotsialanish mexanizmi


– tajriba: Oz dissotsialanadigan moddalar hosil qiluvchi reaksiyalar


Download 242.57 Kb.
bet3/11
Sana11.11.2023
Hajmi242.57 Kb.
#1766825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABORATORIYA ISHILAR (1)

2 – tajriba: Oz dissotsialanadigan moddalar hosil qiluvchi reaksiyalar.
a) Probirkaga natriy atsetat eritmasidan 2 – 3 ml quyib, ustiga ozroq xlorid kislota eritmasidan qo‘shing. Reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan sirka kislotani hididan aniqlang. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
b) Kukun holidagi bir chimdim bo‘rni 2 – 3 ml suv bilan aralashtirib, unga ozroq xlorid kislota eritmasidan qo‘shing. SHunda qanday gaz ajralib chiqadi? Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
v) 1 (b) – tajribada hosil qilingan Fe(OH)3 cho‘kmasidan foydalanib, quyidagi tenglama bilan ifodalanadigan reaksiyani amalga oshiring:
Fe(OH)3 + 3H+ = Fe3+ + 3H2O
Reaksiyaning molekulyar tenglamacini yozing.
3 – tajriba: Eritma pH ini kalorimetrik usulda aniqlash.
pH ni kalorimetrik usulda aniqlash uchun laboratoriyada etalon (standart) eritmalar solingan probirkalar to‘plami bo‘ladi. Har qaysi eritmaning muhiti pH ning (qiymati) qat’iy aniq qiymatiga mos keladi.
Har bir to‘plam faqat bitta indikatordan aniq miqdorda olib tayyorlanadi. Har qaysi to‘plamdagi ikki qo‘shni eritmaning pH qiymati o‘zaro 0,2 ga farq qiladi, bunda har bir to‘plamning biridan ikkinchisiga o‘tganda ranglar o‘zgarishi tegishli ketma – ketlikdan iborat bo‘ladi. Ya’ni har bir eritmadagi pH qiymati mutlaqo aniq rangni ifodalaydi.
pH ni aniqlashda tekshirilayotgan suyuqlik quyilgan probirkaga indikator quyiladi va hosil bo‘lgan rangni xuddi shu indikator qo‘shib tayyorlangan to‘plamdagi standart eritmalarning rangi bilan taqqoslanadi.



Indikator

pH ning qiymati

Metiloranj

3,0

3,2

3,4

3,6

3,8

4,0

4,2

4,4

























Metilrot

4,2

4,4

4,6

4,8

5,0

5,2

5,4

5,6

5,8

6,0

6,2
















Lakmus

5,0

5,2

5,4

5,6

5,8

6,0

6,2

6,4

6,6

6,8

7,0

7,2

7,4

7,6

7,8

8,0

Fenolrot

6,8

7,0

7,2

7,4

7,6

7,8

8,0

8,2

























Fenolftalein

8,2

8,4

8,6

8,8

9,0

9,2

9,4

9,6

9,8

10



















Tekshirilayotgan eritma bilan etalon eritmalarining rangi o‘zaro to‘g‘ri kelsa, ularning pH qiymatlari ham to‘g‘ri keladi. Indikator tanlashda tekshirilayotgan eritma pH ning indikator intervalida bo‘lishiga asoslanish kerak. Masalan: tekshirilayotgan eritmaning pH i 4,2- 6,2 bo‘lsa, metilrot to‘plamidan foydalanish mumkin.


Tekshirilayotgan eritmaning hajmi standart eritma hajmiga teng bo‘lishi kerak. Qo‘shiladigan indikatorning tomchilar soni ham bir xil bo‘lishi kerak. Kimyo laboratoriyalarida eritmalarning pH qiymatini tqariban aniqlash uchun universal indikator (turli indikatorlar aralashmasidan tayyorlangan) eritmasi shimdirib quritilgan qog‘oz tasmachalari keng qo‘llaniladi. Bunday indikator qog‘oz yordamid muhitning pH = 0 –14 oralig‘idagi qiymatini 1 pH kattaligida aniqlash mumkin.

Download 242.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling