Laboratoriya ishi №1 mavzu: Elektrolitik dissotsialanish. Dissotsialanish mexanizmi


Download 242.57 Kb.
bet8/11
Sana11.11.2023
Hajmi242.57 Kb.
#1766825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABORATORIYA ISHILAR (1)

LABORATORIYA ISHI №4


MAVZU: Galvanik elеmеntlarni hosil qilish
Ishning maqsadi: Galvanik elementlarni tuzish va tok hosil bo‘lishini o‘rganish.
1-tajriba. Kimyoviy jarayonlarda galvanik juftning hosil bo‘lishi
a) Ruxning sulfat kislotasi bilan mis ishtirokida va u yo‘qligida ta’sirlanishi.
Ishning bajarilishi: Probirkaga 5-6 tomchi 2n sulfat kislotasidan soling va aralashtirgan holda toza rux bo‘lakchasini tashlang. Sulfat kislotadan vodorod ajralib chiqadimi? Probirkadagi rux bo‘lakchasiga mis simini tekkazing. Vodorod ajralish tezligi o‘zgaradimi va u qaysi metallda ajraladi? Ruxdan mis simini oling va vodorod ajralish tezligi yana o‘zgarishiga ishonch hosil qiling. Rux-mis juftligida elektron o‘tishi yo‘nalishini ko‘rsating. Qaysi metall manfiy zaryadga ega va eritmadagi vodorod ionlari uchun katod hisoblanadi?
Quyidagi tajribada ham yuqoridagi hodisalarni kuzatish mumkin.
Ikki probirkaga 5-6 tomchi 2n sulfat kislotasi eritmasidan soling. Probirkaning biriga bir tomchi mis (II) sulfat eritmasidan qo‘shing va ikkala probirkaga toza (aralashmasiz) rux bo‘lakchasidan tashlang. Probirkalarda har xil tezlikda vodorod chiqishini kuzating. Mis (II) sulfat qo‘shilgan eritmadagi rux sirtida nima hosil bo‘ladi? Vodorod chiqishini tezlashtirishda mis tuzining roli qanday?
b) Rux va qalay bilan qoplangan temirning zanglashi.
Ishning bajarilishi. Ikkita probirkaning yarim hajmigacha distillangan suv soling. Kaliy geksatsianoferrat (III) K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo‘shing. K3[Fe(CN)6] temir (II) ioni uchun sezgir reaktiv hisoblanadi va ko‘k rang hosil qiladi. Yeritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring.
Ikkita temir simini (bo‘lakchasini) qumli qog‘oz bilan tozalang, birinchi simga rux bo‘lakchasini bog‘lang, ikkinchisiga qalay bo‘lakchasini bog‘lang va ularni tayyorlangan eritmalarga tushiring. Qalay bilan temir tushirilgan eritma bir necha daqiqadan so‘ng ko‘k rangga kiradi. Yeritmada Fe2Q ionlari hosil bo‘lishini tushuntiring. Temir-rux jufti tushirilgan eritmada nima uchun ko‘k rang hosil bo‘lmaydi?

Download 242.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling