Laboratoriya ishi №1 mavzu: Elektrolitik dissotsialanish. Dissotsialanish mexanizmi


– tajriba: Sirka kislota eritmasining pH ini aniqlash


Download 242.57 Kb.
bet5/11
Sana11.11.2023
Hajmi242.57 Kb.
#1766825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABORATORIYA ISHILAR (1)

5 – tajriba: Sirka kislota eritmasining pH ini aniqlash.
Probirkaga tekshirilayotgan sirka kislota eritmasidan quying. Olingan eritmaning pH ini 3 – 4 oraliqlarida ekanini e’tiborga olib indikator tanlang. Tekshirilayotgan eritmaga 2 tomchi indikator qo‘shib probirkani chayqating.
Tekshirilayotgan eritmaning rangini xuddi shu indikator qo‘shilgan standart eritmalarning rangi bilan taqqoslang. Bularning orasidan rangi tekshirilayotgan eritma rangiga mos keladiganini toping. Ranglarni probirka orqasiga oq qog‘oz qo‘yib taqqoslang.
Etalon namunasining pH qiymati tekshirilayotgan sirka kislota eritmasi pH ining qiymati ham bo‘ladi.
6 – tajriba: Ammiak eritmasining pH ini aniqlash.
Probirkaga tekshirilayotgan ammiak eritmasidan soling va uning ustiga 2 tomchi indikator tomizing. Indikatorni ammiak eritmasining pH ini 9 – 10 oraliqlarida eknligi asosida tanlang.
Ammiak eritmasining rangini xuddi shu indikator qo‘shilgan standart eritmalarning rangi bilan taqqoslab, uning pH ini aniqlang.



LABORATORIYA ISHI №3


MAVZU: Oksidlanish-qaytarilish potеntsiali bo’yicha jarayon yo’nalishini aniqlash
Vazifa: oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, oksidlanish-qaytarilish potensiallari, kimyoviy tok manbalarining ish uslublari, akkumulyator va batareyalarda tok hosil bo‘lishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.
1-tajriba. Metallarning faolligini tekshirish
Ishning bajarilishi: 6 ta probirkaga 12-15 tomchidan quyidagi tuzlarning eritmalaridan soling: birinchisiga - rux sulfat, ikkinchisiga - temir (II) sulfat, uchinchisiga - qalay (II) xlorid, to‘rtinchisiga - qo‘rg‘oshin nitrat yoki atsetat, beshinchisiga mis (II) sulfat va oltinchisiga - kumush nitrat. Xamma eritmalarga (rux sulfat eritmasidan boshqa) 2-3 daqiqaga rux plastinkasini tushuring. Xamma probirkalardagi rux plastinkasining sirtida nima kuzatiladi? Rux plastinkasini olingan tuzlar eritmalari bilan ta’sirlashish reaksiya tenglamalarini yozing. Xar bir elektron o‘tishni ko‘rsating. Bu reaksiyalarda ruxning roli qanday? Temir, qalay, qo‘rg‘oshin, mis va kumushga nisbatan ruxning qaytaruvchianlik faolligi qanday?
Probirkalardan rux plastinkalarini oling va uni o‘rniga temir plastinkalaridan tushiring (temir (II) sulfat eritmasidan tashqari). Temir qaysi metallarni ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi? Reaksiya tenglamalarini ionli shaklda yozing.
Yuqoridagi tajribalarni qalay, qo‘rg‘oshin va mis plastinkalari bilan qaytaring.
Qaysi xolatlarda metallar o‘z tuzlaridan ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini ion xolida yozing va xar bir eritmadagi elektron o‘tish yo‘nalishini ko‘rsating.
Tajriba natijalarini yozish. Tajriba davomidagi savollarga javob bering va reaksiya tenglamalarini yozing. Kuzatilgan xodisalarni quyidagi jadval shaklida tuzing.




Download 242.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling