Laboratoriya ishi №1 O‘zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish. I. Ishni bajarishdan maqsad


II. Qisqacha nazariy tushunchalar


Download 205.21 Kb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi205.21 Kb.
#1063367
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi

II. Qisqacha nazariy tushunchalar.
Zaryadlangan zarrachalarning tartibli xarakati elektr toki deb aytiladi. Elektr toki o‘zgaruvchan va o‘zgarmas elektr toklariga bo‘linadi. Yo‘nalishi va son kiymati vaqt davomida o‘zgarmaydigan tok o‘zgarmas elektr toki deb ataladi.
O‘zgarmas elektr toki bilan ishlovchi elektr zanjirlari o‘zgarmas tok zanjiri deb aytiladi. Bu zanjir tok manbasi va iste’molchidan iborat bo‘ladi. Elektr tokining manbai va iste’molchi simlar bilan birlashtiriladi. Elektr zanjirida iste’molchidan tashqari qo‘shimcha yordamchi elementlar xam bo‘lishi mumkin, bular kalitlar(vklyuchatel) va o‘lchov qurilmalaridir.
Elektr zanjiri tarkibiga kiruvchi va ma’lum bir funksiyani bajaruvchi qurilmalar elektr zanjirining asosiy elementlari deyiladi. Elektr zanjiriga ulangan o‘lchov qurilmalari zanjirning yordamchi elementlari deb ataladi.
Eng sodda elektr zanjiri iste’molchilari ketma-ket ulangan zanjirdir (1-rasm). Bunda manbaning U0 kuchlanishi (V voltmetrning ko‘rsatishi) ayrim iste’molchilardagi (R1, R2, R3 qarshiliklardagi) kuchlanishlar tushuvlarining yig‘indisiga teng (Kirxgofning ikkinchi qonuni);
U0 = U1 + U2 + U3 . (1)

1 - rasm. Iste’molchilari ketma-ket ulangan o‘zgarmas tok zanjiri.
Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi esa Om qonuniga ko‘ra
I0 = U/Rum , (2)
bu erda Rum -zanjirning to‘la qarshiligi. Iste’molchilari ketma-ket ulangan zanjirda umumiy qarshilik ayrim qarshiliklarning yig‘indisiga teng:
Rum = R1 + R2 + R3 . (3)
Zanjirning umumiy qarshiligi ekvivalent qarshilik deb xam yuritiladi. Ketma-ket ulangan zanjirda tarmoqlangan qismlar bo‘lmaganligi uchun zanjirdan o‘tayotgan umumiy tok kuchi (mA milliampermetrning ko‘rsatishi) R1 , R2 , R3 ayrim qarshiliklardan o‘tayotgan tokka teng:
I0 = I1 = I2 = I3 . (4)
Iste’molchilarni ketma-ket ulashning asosiy kamchiligi shundaki, bita iste’molchi ishdan chiыsa zanjir uziladi. Bunday ulanish ko‘proq manbaning kuchlanishi iste’molchilar nominal kuchlanishidan katta bo‘lgan xollarda ishlatiladi.
Barcha iste’molchilari ketma-ket ulangan elektr zanjirlari amalda kamdan-kam ishlatiladi. Ko‘proq, iste’molchilari manbaga parallel ulangan elektr zanjirlari keng tarqalgan. Bunday ulashning afzalligi shundaki, ayrim istemolchining ishlashi boshqa iste’molchiga bog‘liq emas.
Iste’molchilari tok manbaiga parallel ulangan zanjir 2 - rasmda ko‘satilgan. U0 o‘zgarmas kuchlanishli manbaga R1 , R2 va R3 qarshiliklar parallel ulangan.

2 - rasm. Iste’molchilari parallel ulangan o‘zgarmas tok zanjiri.

Bunday zanjir tarmoqlangan elektr zanjiri deb ataladi. Zanjirning tarmoqlanish nuqtalari A, V, S, D tugunlar deb ataladi. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidan o‘tayotgan I0 tok kuchi (mA0 ampermetrning ko‘rsatishi) A va V tugunlarga kelib I1 , I2 va I3 tarmoq toklariga bo‘linib ketadi. Kirxgofning birinchi qonuniga ko‘ra tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng, ya’ni tugunga kelayotgan toklarning yig‘indisi tugundan chiqayotgan toklarning yig‘indisiga teng, demak:
I0 =I1+I2 + I3 . (5)
S va D tugunlarda I1, I2 va I3 tarmoq toklari (mA1, mA2 va mA3 ampermetrlarning ko‘rsatishlari) yana yig‘ilib I0 tokni xosil qiladi.
Tarmoqlangan elektr zanjiri uchun R1 , R2 va R3 qarshiliklardagi kuchlanishlar, ya’ni tarmoq kuchlanishlari teng bo‘lib, u , manbaning kuchlanishi U0 ga teng.
U0 =U1=U2 = U3. (6)
Zanjirning umumiy (to‘la) Rum qarshiligi:
. (7)

Download 205.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling