Laboratoriya ishi №1 O‘zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish. I. Ishni bajarishdan maqsad
II . Qisqacha nazariy tushunchalar
Download 205.21 Kb.
|
1-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Ishni bajarish tartibi.
II . Qisqacha nazariy tushunchalar.
O‘zgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshilik R va reaktiv element sifatida S sig‘imli kondensatro ketma-ket ulangan bo‘lsin (1- rasm) R UR I ~ U U C UC a b 1- rasm. Aktiv va sig‘im elementli o‘zgaruvchan tok zanjiri (a) va zanjirning vektor diagrammasi (b). Tarmoq kuchlanishi U = Um Sin ω t garmonik qonuniyat asosida o‘zgaradi, zanjirning to‘la qarshiligi aktiv va reaktiv qarshiliklarning geometrik yig‘indisidan iborat Z = (R2 + XC 2)1/2 , (1) bu erda XC = 1/ ω S - kondesatorning sig‘im qarshiligi. Kondensator plastinkalarining aktiv qarshiligi amalda juda kichik bo‘lgani uchun xisobga olinmaydi va Om qonuniga ko‘ra zanjirdagi tok kuchi I = U/Z (2) Aktiv qarshilikdagi aktiv kuchlanish va kondensatordagi reaktiv kuchlanishlarning orasidagi burchak siljishi zanjirning quvvat koeffitsienti orqali aniqlanadi Cos = R/Z , (3) Zanjirdagi aktiv va reaktiv quvvatlar mos xolda: P = I2 R , va Q = I2 XC (4) Zanjirdagi to‘la quvvat S = (P2 +Q2 ) ½ yoki S = I2 Z. (5) III. Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya ishi K4822-2 rusumli laboratoriya qurilmasi asosida o‘tkaziladi. Laboratoriya ishini bajarishdan avval texnika xavfsizligi talablari bilan tanishib chiqish talab qilinadi. So‘ngra 2-rasmda ko‘rsatilgan sxema asosida laboratoriya ishini bajarib, tegishli xisoblashlar amalga oshiriladi. Laboratoriya ishini topshirish uchun o‘lchashlar va barcha xisoblar bajarilgandan so‘ng nazorat savollariga javob beriladi va xulosa qism yoziladi. Laboratoriya ishini bajarish uchun quyidagi sxemani yig‘ing. mA R ~ U0 = 27 V V1 С V2 2 - rasm. Aktiv va sig‘im qarshilikli o‘zgaruvchan tok zanjiri. mA – o‘zgaruvchan tok milliampermetri 300 mA; V1 va V2- o‘zgaruvchan tok voltmetrlari, 50 V; R–rezistor PEV-75-750 ; S – kondensator 4 400 V. Sxemani yig‘ib bo‘lgach uni mashg‘ulot raxbariga ko‘rsating. Sxemaning to‘g‘ri yig‘ilganiga ishonch xosil qilgach, uning kirishiga o‘zgaruvchan 220V kuchlanish bering. Sxemaga berilgan U0 kuchlanishni V1 voltmetr yordamida, zanjirdagi I tok kuchini mA milliampermetr yordamida o‘lchab, yozib oling. Aktiv qarshilikdagi kuchlanish UR va kondensatordagi kuchlanish UC larni V2 voltmetr yordamida o‘lchang. O‘lchash natijalarini 1-jadvalga yozing. 1-jadval
Download 205.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling