Laboratoriya ishi №1 shtangasiz tebratma dastgohlarini o’rganish. Ishning maqsadi
Download 4.24 Kb.
|
Laboratoriya ishi №1 shtangasiz tebratma dastgohlarini o’rganish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Nazariy malumotlar
- Nazorat savollari
Laboratoriya ishi №1 shtangasiz tebratma dastgohlarini o’rganish. Ishning maqsadi LABORATORIYA ISHI №1 SHTANGASIZ TEBRATMA DASTGOHLARINI O’RGANISH. Ishning maqsadi: Markazdan qochma elektr nasoslarning, sо‘nggi yillarda kon amaliyotida MQBEN suvlangan, yuqori debitli, qiya va chuqur quduqlarni ishlatishda keng kulamda o’rganish. 1 Nazariy malumotlar Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida quduqlarni ishlatish neft qazib olishda keng qо‘llaniladi, hozirgi vaqtgacha neftni qazib olishda eng yaxshi usullaridan biridir. Shu bilan birgalikda mahsulotlarning suvlanganligi, konlarni 2- chi bosqichida ishlatish hamda 3-chi va 4-chi bosqichlarida neft qazib olish kо‘rsatkichlarining pasayishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun suyuqlikning kо‘proq qazib olish talab qilinadi, chuqurlik shtangali nasoslar bilan amalda 40-50m³/kun miqdordan kо‘p mahsulotni qazib olishni imkoniyati yо‘q (1-rasm). Bundan tashqari shtangali chuqurlik qurilmalarining о‘rtacha ta’mirlash davri 260-280 kunni tashkil etadi. Shtangali chuqurlik nasoslarining qо‘llanishi bilan bir qatorda davlatlarning kо‘pgina konlarida markazdan qochma botma elektr nasoslarni tadqiqot qilish ishlari olib borilgan. 1970 yillarda MQBENlar yordamida 5000 tadan quduqlarda ishlatilgan. Bu davrda asosan botma markazdan qochma elektr nasoslarning uzatish kо‘rsatkichlari 40, 80, 120, 160 va 200m³/kun bо‘lgan turlari amaliyotga kо‘proq tadbiq etilgan. Bunda chuqurlik – nasosli quduqlarning о‘rtacha debiti 10-15t/kun -ga teng. Markazdan qochma botma elektr nasoslar, chuqurlik shtangali nasoslarga nisbatan katta yutuqlarga egadir: 1. yer usti jihozlarining soddaligi; 2. quduqdan suyuqlikni 100m³/kun qiymatgacha qazib olish imkoniyati; 3. quduqlarning chuqurligi 3000m.dan katta bо‘lganda ham foydalanish imkoniyatining mavjudligi; 4. MQBEN ta’mirlash davrini (500 kundan to 2-3yilgacha) yuqoriligi; 5. nasos jihozlarining quduqdan kо‘tarmasdan tadqiqotni olib borishni imkoniyatining mavjudligi; 6. nasos–kompressor quvurlarni ishlatish davrlaridagi parafin yotqiziqlarining uncha qiyin bо‘lmagan ususlarda bartaraf qilish; 7. ishlab chiqarish madaniyatini oshirish; 1- rasm Botma markazdan qochma elektr nasosini о‘rnatish: 1-botma elektrdvigatel; 2-gidravlik himoya (protektor); 3-filtr-tur; 4-botma elektrnasos; 5-nasos-kompressor quvurlari; 6-himoyalangan kabel; 7-quduq usti armaturalari; 8-rolik; 9-avtotransformator; 10-avtomatik boshqaruv stansiyasi; 11- kabel uchun ustun. Yuqoridagi kо‘rsatmalardan kо‘rinib turibdiki, sо‘nggi yillarda kon amaliyotida MQBEN suvlangan, yuqori debitli, qiya va chuqur quduqlarni ishlatishda keng qо‘llanilmoqda (1-rasm). Botma markazdan qochma elektrnasosning qurilmasi botma elektrnasosdan (4) iborat bо‘lib, u quduqqa nasos-kompressor quvurlari (5) orqali tushiriladi, botma elektrdvigatel (1) maxsus aylana (6) va tekis himoyalangan kabel, kabel elektrdvigateldan elektrenergiyasini oladi, avtomatik boshqaruv stansiyasi (10), protektor (2), avtotransformatordan (9) tashkil topgan. Nazorat savollari: 1. Nasoslarning umumiy tavsiflarini keltiring? 2. Shtangali chuqurlik nasoslarni qо‘llanilishini izohlang? 3. Tebranma- dastgohlarni tuzilishini izohlang? http://fayllar.org Download 4.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling