Laboratoriya ishi №1 shtangasiz tebratma dastgohlarini o’rganish. Ishning maqsadi


Download 210.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2022
Hajmi210.13 Kb.
#999463
Bog'liq
№1 -Лаборатория иши



LABORATORIYA ISHI №1 
SHTANGASIZ TEBRATMA DASTGOHLARINI O’RGANISH. 
 
Ishning maqsadi: Markazdan qochma elektr nasoslarning, sо‘nggi yillarda
kon amaliyotida MQBEN suvlangan, yuqori debitli, qiya va chuqur quduqlarni 
ishlatishda keng kulamda o’rganish. 
 
1 Nazariy malumotlar 
Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida quduqlarni ishlatish neft qazib 
olishda keng qо‘llaniladi, hozirgi vaqtgacha neftni qazib olishda eng yaxshi 
usullaridan biridir. Shu bilan birgalikda mahsulotlarning suvlanganligi, konlarni 2-
chi bosqichida ishlatish hamda 3-chi va 4-chi bosqichlarida neft qazib olish 
kо‘rsatkichlarining pasayishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun suyuqlikning kо‘proq qazib 
olish talab qilinadi, chuqurlik shtangali nasoslar bilan amalda 40-50m³/kun 
miqdordan kо‘p mahsulotni qazib olishni imkoniyati yо‘q (1-rasm).
Bundan tashqari shtangali chuqurlik qurilmalarining о‘rtacha ta’mirlash 
davri 260-280 kunni tashkil etadi. Shtangali chuqurlik nasoslarining qо‘llanishi 
bilan bir qatorda davlatlarning kо‘pgina konlarida markazdan qochma botma elektr 
nasoslarni tadqiqot qilish ishlari olib borilgan.
1970 yillarda MQBENlar yordamida 5000 tadan quduqlarda ishlatilgan.
Bu davrda asosan botma markazdan qochma elektr nasoslarning uzatish
kо‘rsatkichlari 40, 80, 120, 160 va 200m³/kun bо‘lgan turlari amaliyotga kо‘proq 
tadbiq etilgan. Bunda chuqurlik – nasosli quduqlarning о‘rtacha debiti 10-15t/kun 
-ga teng.
Markazdan qochma botma elektr nasoslar, chuqurlik shtangali nasoslarga 
nisbatan katta yutuqlarga egadir:
1. yer usti jihozlarining soddaligi;
2. quduqdan suyuqlikni 100m³/kun qiymatgacha qazib olish imkoniyati;
3. quduqlarning chuqurligi 3000m.dan katta bо‘lganda ham foydalanish
imkoniyatining mavjudligi;
4. MQBEN ta’mirlash davrini (500 kundan to 2-3yilgacha) yuqoriligi;
5. nasos jihozlarining quduqdan kо‘tarmasdan tadqiqotni olib borishni
imkoniyatining mavjudligi;
6. 
nasos–kompressor 
quvurlarni 
ishlatish 
davrlaridagi 
parafin
yotqiziqlarining uncha qiyin bо‘lmagan ususlarda bartaraf qilish;
7. ishlab chiqarish madaniyatini oshirish;


 
1- rasm Botma markazdan qochma elektr nasosini о‘rnatish: 
1-botma elektrdvigatel; 2-gidravlik himoya (protektor); 3-filtr-tur; 4-botma 
elektrnasos; 5-nasos-kompressor quvurlari; 6-himoyalangan kabel; 7-quduq usti
armaturalari; 8-rolik; 9-avtotransformator; 10-avtomatik boshqaruv stansiyasi; 11-
kabel uchun ustun. 
Yuqoridagi kо‘rsatmalardan kо‘rinib turibdiki, sо‘nggi yillarda kon 
amaliyotida MQBEN suvlangan, yuqori debitli, qiya va chuqur quduqlarni 
ishlatishda keng qо‘llanilmoqda (1-rasm).
Botma markazdan qochma elektrnasosning qurilmasi botma elektrnasosdan 
(4) iborat bо‘lib, u quduqqa nasos-kompressor quvurlari (5) orqali tushiriladi, 
botma elektrdvigatel (1) maxsus aylana (6) va tekis himoyalangan kabel, kabel 
elektrdvigateldan elektrenergiyasini oladi, avtomatik boshqaruv stansiyasi (10), 
protektor (2), avtotransformatordan (9) tashkil topgan.

Nazorat savollari: 
1. Nasoslarning umumiy tavsiflarini keltiring? 
2. Shtangali chuqurlik nasoslarni qо‘llanilishini izohlang? 
3. Tebranma- dastgohlarni tuzilishini izohlang? 

Download 210.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling