Laboratoriya ishi 1 (Sirtqi) Kimyo laboratoriyalarida ishlash xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. Laboratoriya mashg`ulotlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 56 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi56 Kb.
#1182593
  1   2
Bog'liq
1-лаборатория. Техника хавфсиз.


LABORATORIYA ISHI 1 (Sirtqi)


Kimyo laboratoriyalarida ishlash xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.
Laboratoriya mashg`ulotlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi ozmi-ko`pmi sog`liqqa ta`sir qiladi. Shuning uchun laboratoriyada ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish shart.


1. Konsentrlangan kislotalar, xlor, yod, vodorod sulfid va boshqa moddalar bilan o`tkaziladigan tajribalar mo`rili shkafda bajariladi.
2. Xlor, brom, vodorod sulfid va uglerod (II)-oksid bilan zaharlanganda, avvalo zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, so`ngra tegishli yordam ko`rsatish kerak.
3. Kuchli kislotalar, ayniqsa, konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga tomchilatib quyiladi.
4. Ko`zga yoki tanaga biror kimyoviy reaktiv sachrasa, zararlangan joyni avval suv bilan yaxshilab yuvib, so`ngra vrachga murojaat qilish lozim.
5. Vodorod va boshqa gazlarni yoqishdan avval ularning tozaligini sinab ko`rish kerak.
6. Laboratoriya ishi tugagach, qo`lni yaxshilab yuvish kerak.
7. Reaktivlarni bir idishdan ikkinchi idishga quyishda idish ustiga engashmaslik kerak.
8. Simob va uning bug`i - kuchli zahar. Shuning uchun simobli asbob yoki termometr singanda to`kilgan simobni yig`ib olish va bu haqda, albatta, o`qituvchiga yoki katta laborantga aytish kerak.
9. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug`lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og`iz bilan so`rib tortib olish yaramaydi. Buning uchun rezina grusha (nok) dan foydalanish kerak.
10. Kislota, ishqor va foydalanilgan xromli aralashmani rakovinaga to`kish aslo mumkin emas.
11. Kimyoviy moddalar mazasini o`qituvchining ruxsatisiz totib ko`rish qat`iyan man etiladi.
12. Kumushning ammiakli tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlash yaramaydi, chunki vaqt o`tishi natijasida undan portlovchi modda kumush qaldirog`i hosil, bo`lishi mumkin.
13. Oson o`t oladigan suyuqliklarni ochiq alanganda qizdirish yoki unga yaqin keltirish yaramaydi. Bunday moddalar bilan qilinadigan tajribalarni alangadan uzoqroqda, imkoni bo`lsa, mo`rili shkafda o`tkazing.
14. Benzin, spirt, efir o`t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib yoki maxsus vositalar bilan-o`chirish lozim, ammo hech vaqt suv sepmang.
15. Elektr asboblarning kontaktlariga e`tibor bering, ular yaxshi izolyasiyalangan bo`lishi kerak.
16. Isitish vositalari - mufel , elektr plita va shunga o`xshashlarni o`tga chidamli materialdan yasalgan tagliklar ustiga qo`yish kerak. Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz qoldirmang.
17. Probirkaga biror moddani solib qizdirayotganingizda uning og`zini o`zingizga yoki yoningizda turgan odamga qaratib tutmang.
18. Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz gorelkalari va vodoprovod jumraklari berkligini hamda elektr asboblarining o`chirilganligini albatta tekshirib ko`ring.


Analizning sistematik yo`li.
Analiz vaqtida eritmada bo`lgan va bir – birini aniqlashda xalaqit qiladigan ionlar bir nechta bo`lsa ularni guruhlar holida ajratib olinadi. Guruhga kiruvchi ionlarni bitta reaktiv ta`siri bilan cho`ktiriladi. Masalan: tarkibida turli metal tuzlari bo`lgan eritmaga xlorid kislota ta`sir ettirilsa, quyidagi ionlarni xloridlari cho`kmaga tushadi: Ag+, Hg+, Pb2+
AgNO3 + HCl =↓AgCl + HNO3
oq rangli
HgNO3 + HCl = ↓HgCl + HNO3
oq rangli
Pb(NO)2 + 2HCl = ↓PbCl2 + 2HNO3
oq rangli
Cho`kmani filtirlash yo`li bilan ajratib olinadi, tarkibi soddaroq bo`lgan Pb2+, Ag+, Hg+ ionlarni saqlovchi eritmadan, ma`lum reaktivlarni qo`llab ushbu ionlar aniqlanadi. Filtr qog`ozidan o`tgan eritmadan esa qolgan metallarning ionlarini aniqlashda foydalaniladi.
«Birdaniga bir guruh ionlarni cho`ktiradigan reaktivlarga (masalan HCl) guruh reaktivi deyiladi.»
Guruh reaktivi analiz vaqtida juda ham katta ahamiyatga ega, chunki uning yordami bilan faqat bir guruh ionlarni ajratilmasdan, balki shu guruh ionlarining bor yo`qligini ham aniqlash mumkin. Ionlarni guruhlashda ularning bir xil tuzlarining suvda erish-erimasligi asos qilib olinadi.
Metall ionlarini guruhlarga bo`linganda ularning sulfid, xlorid, karbonat, sulfat tuzlarining suvda erish erimasligi asos qilib olingan. Natijada metall kationlari 5- ta analitik guruhlarga bo`lingan.
Ionli reaksiyalar.
Analitik reaksiyalar asosan kislota, asos va tuz eritmalarining o`rtasida boradi. Bu eritmalar elektrolitlar deyiladi. Eritmalarda elektrolitik dissotsiasiya tufayli ionlar mavjud bo`ladi.
HNO3 ↔ H+ + NO3-
NaOH↔Na+ + OH-
K2SO4 ↔ 2K+ + SO42-
Shu sababli analitik reaksiyalar ionlar ishtirokida amalga oshadi. Masalan: HCl, NaCl, KCl, CaCl2, NH4Cl eritmalariga AgNO3 kumush nitrat ta`sir ettirsak, oq rangli AgCl cho`kmaga tushadi.
HCl + AgNO3 = ↓AgCl + HNO3
oq rangli
NH4 Cl + AgNO3 =↓AgCl + NH4NO3
CaCl2 + 2AgNO3 = ↓2 AgCl + Ca(NO3)2 va hokazo
Uchala reaksiyalar haqiqatdan ham xlorid ionini eritmada mavjud ekanligini ko`rsatadi. Ularni yagona qisqa ionli tenglama bilan ifodalash mumkin:
Ag+ Cl→ ↓AgCl
Ionlar faqat tarkibi bilan emas masalan: Cl, ClO3-, ClO4- balki zaryadi bilan ham farq qilishi mumkin. Masalan: Hg+ va Hg2+ ionlari bir elementning ikki xil ionlari bo`lib ikki xil sifat reaksiyaga ega. Masalan: ularning tuzlari eritmasiga KJ eritmasini ta`sir ettirsak, har xil moddalar hosil bo`ladi:
HgNO3 + KJ = ↓HgJ + KNO3
yashil rangli
Hg+ + 2J- = ↓HgJ
HgCl2 + 2KJ = ↓HgJ2 + 2KCl
qizil rangli
Hg2+ + 2J- = ↓HgJ2
Demak, eritma holatida bo`lgan moddalarni tahlil etishda, eritmada mavjud kationlar va anionlar aniqlanadi, olingan ma`lumotlar asosida eritmada saqlanuvchi modda to`g`risida yakuniy xulosa chiqariladi.
Xo`l va quruq reaksiyalar.

Sifat analizida analitik reaksiyalar ikki ko`rinishda o`tkaziladi:


1). Quruq reaksiyalar
2). Xo`l reaksiyalar
Quruq reaksiya deb, modda uning suyuqlanish temperaturasigacha qizdirib olib borilgan reaksiyalarga aytiladi. Bu reaksiyalarga tubandagilar kiradi:

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling