Laboratoriya ishi 1 (Sirtqi) Kimyo laboratoriyalarida ishlash xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. Laboratoriya mashg`ulotlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari
Download 56 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-лаборатория. Техника хавфсиз.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo`l reaksiyalar. « Eritma sharoitida boradigan reaksiyalarga xo`l reaksiyalar deyiladi
- Bir-biridan ajratish reaksiyalari.
І.Suyuqlantirish
Buning uchun ilgari suyuqlantiruvchi aralashmalar tayyorlanadi. Masalan: selitra ning NaNO3 soda Na2CO3 bilan aralashmasi, yoki potashning K2CO3 kaliy nitrat KNO3 bilan aralashmasi. Tekshiriluvchi quruq moddani shu aralashma bilan aralashtirib farfor yoki platina tigellarida qizdiradi, natijada tekshiriluvchi moddaning tarkibida bazi elemetlarning borligi bilinadi. Masalan: tekshiriluvchi modda tarkibida xrom (III) ioni borligini aniqlamoqchi bo`lsak shu moddani aralashma bilan aralashtirib qizdiramiz. Qizdirish natijasida sariq rang paydo bo`lsa, demak tekshiriluvchi modda tarkibida xrom(III) ioni borligini bildiradi. Reaksiyaning tenglamasi quyidagicha bo`ladi. 2Cr(OH)3 + 2Na2CO3 + 3NaNO3 = 2Na2CrO4 + 3NaNO2 + 2CO2 + 3H2O Ba`zi metallarning tuzlarini bura yoki natriy ammoniy fosfat tuzi bilan platina simda qizdirilsa o`ziga xos rangli munchoq hosil qiladi. Masalan, tarkibida xrom(III) ioni bo`lgan tuzlar yashil rangli munchoq hosil qiladi. Kobalt(III) bo`lgan tuzlar ko`k rangli tuzlar hosil qiladi.Masalan: NaNH4HPO4 = NaPO3 +NH3 + H2O 3NaPO3 + 2 Cr(OH)3 = Na3PO4 + 2CrPO4 +3 H2O 3NaNH4HPO4 + 2Cr(OH)3=Na3PO4+2CrPO4+3NH3+6H2O Yashil rangli munchoq CrPO4 hosil bo`ladi. Xo`l reaksiyalar. «Eritma sharoitida boradigan reaksiyalarga xo`l reaksiyalar deyiladi.» Demak, xo`l reasiyalarni bajarish uchun tekshiriluvchi modda eritma holatida bo`lishi kerak. Erituvchi moddalar sifatida tubandagi moddalar ishlatiladi. Suv, xlorid kislota, nitrat kislota, zar suvi va organik erituvchilardan foydalaniladi. Xo`l reaksiyalar asosan probirkalarda olib boriladi. Olingan eritmalarni umumiy hajmi probirkaning yarimidan oshmasligi kerak. Har bir ion juda ko`p reaksiyalarga kirishadi. Sifat analizida faqat ko`zga ko`rinadigan effektli reaksiyalardan foydalaniladi. Masalan: 1) Rangni o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar: FeCl3 + 3NH4CNS = Fe(CNS)3 + 3NH4Cl Fe(CNS)3 – temir(III) rodanid tuzini saqlovchi qizil rangli eritma hosil bo`ladi 2) Cho`kma hosil qilib boradigan reaksiyalar. NaCl +AgNO3 = ↓ AgCl + NaNO3 Oq cho`kma AgCl hosil bo`ladi. Gaz ajralib chiqishi yoki cho`kmani erishi bilan boradigan reaksiyalar Na2CO3 + 2HCl = 2NaCl + H2O + ↑CO2 CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + H2O + ↑CO2 Bir-biridan ajratish reaksiyalari. Bazi vaqtlarda eritmalarda bir reaktivning ta`siri ostida bir-biriga o`xshash tarkibli cho`kma hosil qiladigan bir guruh ionlar bo`lishi mumkin. Masalan: Eritmada Ca2+ va Ba2+ ionlari bo`lsa, ikkalasi ham oksalat kislota tuzlarining ta`siri ostida oq rangli cho`kma hosil qiladi. BaCl2 + (NH4)2C2O4 = ↓BaC2O4 + 2NH4Cl CaCl2 + (NH4)2C2O4 = ↓CaC2O4 + 2NH4Cl Demak, bu yerda bir ionnini alohida ochish uchun boshqasi to`sqinlik qiladi. Shuning uchun agar Ca+2 – ni ammoniy oksalat tuzining eritmasi yordami bilan aniqlash uchun, avval Ba+2 – ni eritmadan yo`qotish kerak. Undan keyingina Ca+2 – ni ochish mumkin Ba+2 ni eritmadan yo`qotish uchun eritmaga xromat kislota tuzini K2CrO4 eritmasi ta`sir ettiriladi. Xromat kislota tuzlari – Ba+2 bilan sariq rangli cho`kma hosil qiladi va Ca+2 bilan esa shunday cho`kmani hosil qilmaydi, chunki CaCrO4 suvda eruvchan tuz. BaCl2 + K2CrO4 = ↓BaCrO4 + 2KCl Sariq rangli Demak, bariy xromat tuzining cho`kmasi hosil bo`ladi, Ca+2 esa eritmada qoladi. Filtrlash natijasida BaCrO4 ajratiladi va eritmada qolgan Ca+2 ioni oksalat kislota tuzlari ta`siri ostida aniqlanishi mumkin. II.Alanganing rangini bo`yash reaksiyalari. Bazi quruq tuzni alanga ta`siri ostida qizdirsak alanganing rangi tulicha o`zgarishi mumkin. Masalan natriy alangani sariq ranga bo`yaydi, kaliy tuzlari gunafsha, stronsiy tuzlari qizil, bariy tuzlari yashil va hakozo. Demak, ba`zi moddalarning tarkibini tekshirishda shu reaksiyalardan foydalanish mumkin. Sifat analizida quruq reaksiyalar ko`p qo`llanilmaydi, aksariyat hollarda xo`l reaksiyalardan foydalaniladi. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling