Лаборатория иши №1


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana23.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1110961
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc

Ishdan maqsadi: nitroza usulda sulfat kislota olish. 
Qurilma va materiallar 
1.Sulfat kislota olish qurilmasi. 
2.Mis yoki latun qirindisi yoki mis sim. 
3.Konsentrlangan nitrat kislota. 
4.natriy sulfit yoki bisulfit. 
5.Konsentrlangan sulfat kislota. 
6.0,1 n ishqor eritmasi. 
7.250 ml li o‘lchamli kolba, 20-25 ml li pipetka. 
Ishning bajarilishi 
Nitroza usulida sulfat kislota olish quydagi ko‘rsatilgan qurilmalar asosida 
olinadi. 
Azot to‘rt oksidi 1 kolbada 7-10 ml konsentrlangan nitrat kislotaga mis 
qirindisini ta’sir ettirib olinadi. Oltingugurt to‘rt oksidi 2 kolbada 3-5 g natriy sulfit 
yoki bisulfitga sulfat kislota ta’sir etish natijasida olinadi. Sulfat kislotadan 15-20 
ml olamiz. Hosil qilingan gazlar yuvuvchi qurilmalardan reaktorga o‘tadi. Reaktor 
asosiy mahsulot hosil qiluvchi minora hisoblanadi. Ikkala kislotalarni ham juda 
kam miqdorlarda quyish kerak. Yaxshisi tomchilab qo‘ygan yaxshi. YA’ni bir xil 
hajmdagi gazlar hosil bo‘lishi uchun. Buni hosil bo‘lgan gaz bufakchalari orqali 


16 
rostlash mumkin. Reaktor qisqa trubasimon shishalar bilan to‘ldirilgan. Ularni suv 
bilan ho‘llab qo‘yamiz. Buning natijasida SO
2
, NO
2
, va H
2
O reaktorda 
ta’sirlashib sulfat kislotasini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan azot ikki oksidi reaktordan 
chiqib yuttirishga yuboriladi. Yuttirish kalonkasi qisqa shisha trubkalar bilan 
to‘ldirilgan bo‘lib, ular konsentrlangan sulfat kislota bilan namlangan yuttirish 
kalonkasiga azot oksidini oksidlash uchun traynikdan oz-oz miqdorda havo ochib 
turish kerak, oltingugurt to‘rt oksidini oksidlash to‘liq borishi uchun gazlarni juda 
kam-kamdan berish kerak. Bu miqdor 2-3 sekunda 1 gaz pufagini tashkil qilsin. 
Oqimtir rang faqat reaktorning pastki qismida kuzatilishi mumkin. Agar 
reaktorning butun qism azot oksidining rangi bilan qoplangan bo‘lsa, azot 
oksidining miqdorini oshirish kerak. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng hosil bo‘lgan 
sulfat kislotani bo‘shatib olib, reaktorni 3-4 marta 10-12 ml suv bilan yuvamiz. 
Reaktorni yuvgan suvimizni ham sulfat kislotani bo‘shatib olgan stakanning ustiga 
solamiz. So‘ng sulfat eritmasini 200 yoki 250 ml o‘lchamli kolbaga solib, 
o‘lchamigacha suv bilan to‘ldiramiz. Eritmani ishqorning 0,1 n eritmasi bilan 
titrlaymiz. Hosil bo‘lgan sulfat kislotasining miqdorini hisoblaymiz. Olingan natriy 
sulfit yoki bisulfitga nisbatan sulfat kislotasining chiqish miqdorini hisoblaymiz. 
Birinchi bo‘lib hosil bo‘lgan oltingugurt to‘rt oksidining miqdorini hisoblash kerak. 
Yuttirish kalonnasida nitroza qoladi. Uni stakanga qo‘yib olib, kalonna sulfat 
kislota bilan yuviladi va ishga tayyorlab qo‘yiladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling